USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda haydovçilik kurslari 71 foizga, sovuq suv 34 foizga, davlat boğçalari xizmatlari 21 foizga qimmatladi

540 марта

Özbekistonda haydovçilik kurslari 71 foizga, sovuq suv 34 foizga, davlat boğçalari xizmatlari 21 foizga qimmatladi

Markaziy bank 2025 yilning avgust oyidagi inflyatsiya körsatkiçlarini elon qildi.
Umumiy yillik inflyatsiya 2022 yilda 12,3 foiz bölgan; 2023 yilda pasayib, 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oşib, 9,8 foiz, 2025 yil avgust holatida yana 8,8 foizga tuşgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Infografikaga köra, bazi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boşqalari esa keskin oşgan:
Avgustda qovoq (-52,8 foiz), uzum (39,5 foiz), pomidor (34,7 foiz), guruç (-17,8 foiz), olma (-16,6 foiz) va bodring (-15,3 foiz) narxlari pasaydi.
Hisobot davrida oziq-ovqatlar tarkibida sabzi (69,1 foiz) karam (46,5 foiz) va piyoz (40,1 foiz) narxi eng tez ösgan mahsulot böldi. Bundan taşqari, quyidagi mahsulotlar narxlari ham sezilarli qimmatlagan:
• Paxta moyi (yoki ösimlik yoği): +39,4 foiz
• Kartoşka: +32,0 foiz
• Qöy göşti: +28,5 foiz
Nooziq-ovqat tovarlar
Avgustda nooziq-ovqat mahsulotlari narxi biroz pasaygan. Xususan, propan -6,1 foizga, qoğoz A4 -4,6 foizga, oşxona texnikasi -3,3 foizga arzonlagan.
Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlaşi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 33,2 foizga qimmatladi.
Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan narxi 31 foizga, gazeta 15,3 foizga, benzin 11,1 foizga, atir sovun 10,1 foizga, vitaminlar narxlari 9,9 foizga oşdi.
Xizmatlar
Avgustda pul ötkazmalari uçun haq tölaş narxlari 0,3 foizga, nodavlat OTMda öqiş 1,3 foizga, simli internet 1,8 foizga arzonladi.
Avgustda narxi eng tez ösgan xizmat haydovçilik kurslari böldi – hisobot davrida bu xizmat narxi 71,3 foizga oşdi. Şuningdek, içki yölovçi havo transporti xizmatlari 59,5 foizga, tarmoq gaz 39,2 foizga, sovuq suv 34,1 foizga, çiqindi taşiş 23,9 foizga, davlat boğçalari xizmatlari 21 foizga qimmatladi.
Yillik narx ösişi 10 foizdan past bölgan mahsulotlar oziq-ovqat mahsulotlarida 83 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarida 96 foiz va xizmatlarda 42 foizni taşkil qiladi. Raqamlar xizmatlar guruhida yuqori inflyatsiyali elementlar eng yuqori körsatkiçga ega ekanini körsatmoqda – 48 foiz.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: