UzAuto Motors sof foydasi sezilarli kamaydi
29-08-2025, 08:57
312 марта

UzAuto Motors sof foydasi sezilarli kamaydi
Joriy yil I yarmida kompaniya umumiy daromadlari 21,2 trln söm böldi. Bu 2024 yil yil mos davridagidan (23,4 trln söm) 9,5 foizga kam.Korporativ axborot yagona portalida elon qilingan moliyaviy hisobotlarga köra, yarim yilda UzAuto Motors sof foyda 1,38 trln sömni taşkil etgan. Mazkur raqam ötgan yil mos davriga nisbatan (1,91 trln söm) 27,5 foizga qisqargan.
Hisobot davrida xarajatlar taxminan ötgan yil darajasida qolgan 2,33 trln söm (-2,2 foiz). Bunda sotiş xarajatlari 645 mlrd söm (-4,2 foiz), mamuriy xarajatlar 755,6 mlrd söm (-4,6 foiz), boşqa operatsion xarajatlar 935,4 mlrd sömni (+1,1 foiz) taşkil etgan.
Kompaniyaning Özbekiston bozoridagi uluşi ham 90,2 foizdan 82,2 foizgaça pasaygan.
Kompanyaning I çorakdagi jami tuşumlari 9,7 trln sömni taşkil etgandi. Bu miqdor ötgan yil mos davridagiga (11,7 trln söm) nisbatan 17 foizga kam bölgan. Hisobot davrida kompaniya 637 mlrd söm sof foyda olgan. Mazkur körsatkiç 2024 yil I çoragidagi summadan (1,3 trillion söm) ikki baravar qisqargan.
Avvalroq elon qilingan prezident qarorida UzAuto Motors kompaniyasi 2026 yil I çoragida sotuvga çiqarilişi belgilangan.