Özbekistonda naqd pul muomalasi ösib, naqdlaştiriş uluşi kamaygan
24-07-2025, 22:19
321 марта
Özbekistonda naqd pul muomalasi ösib, naqdlaştiriş uluşi kamaygan2025 yil yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 563 trln sömni (tuşumlar – 277 trln söm, berilgan naqd pullar – 286 trln söm) taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga ösgan. Bu haqda Markaziy bank şahrida malum qildi.
Şuningdek, umumiy pul tuşumlari 491 trln sömni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 27 foizga oşgan. Terminal orqali tuşumlar uluşi 41 foizdan 43 foizga ösib, savdo va xizmatlar sohasida esa terminal tuşumlarining salmoği 45 foizdan 48 foizga oşgan.
Yanvar-iyun oylarida bank kartalariga 676 trln söm mablağlar kirim qilinib, bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,4 barobarga köpaygan. Şundan 129 trln söm mablağ naqdlaştirib olingan bölib, bu jami tuşgan mablağlarning 19 foizini taşkil etgan (2024 yilda 23 foiz, 2023 yilda 24 foiz edi).
Mavsumiy omillar tasirida naqd pulga bölgan talab ortgani bois Markaziy bank muomalaga qöşimça 5,2 trln söm naqd pullarni çiqarib, talab va taklif örtasidagi muvozanatni taminlaganini malum qildi.
2025 yil 1 iyul holatiga köra umumiy pul massasidagi naqd pullarning uluşi 18,9 foizni taşkil etib, bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,2 foiz bandga kamaygan.