USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

32 dan 40 foizgaça. Eng yuqori kredit foizlari qaysi banklarda ekani oçiqlandi

123 марта

32 dan 40 foizgaça. Eng yuqori kredit foizlari qaysi banklarda ekani oçiqlandi

Özbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yilning 17 noyabr holatiga köra, mamlakat tijorat banklarida mikroqarzlar va avtokreditlar böyiça foiz stavkalarini elon qildi.

Uşbu stavkalarga köra, mikroqarzlar, yani kiçik biznesni boşlaş yoki şaxsiy ehtiyojlar uçun ajratiladigan qarzlar bugungi kunda köplab banklar uçun asosiy daromad manbaiga aylangan. Umumiy hisobda, banklar orasida farq juda katta: bazi banklar mikroqarz böyiça 40 foizgaça stavka taklif qilsa, boşqalarida bu raqam 25-26 foiz atrofida. 
Masalan, Anor Bank mikroqarz böyiça 40,7 foizlik stavka taklif qilmoqda. Bu mamlakatdagi banklar orasida eng katta foiz stavkasidir. Undan keyingi örinni 40,4 foiz bilan TBC Bank egallamoqda. Şu bilan birga, BRB (25,6 foiz), Infinbank (24,8 foiz), Trast Bank (24,8 foiz) va OFB (26 foiz) kabi banklarda mikroqarz stavkalari ança pastroq. Mamlakatda mikroqarzlar böyiça eng kiçik foiz stavkasini taqdim etayotgan bank sifatida Aloqabank körsatilgan. Unda foiz stavkasi 23 foizni taşkil qilmoqda. Respublikada örtaça foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan 32,4 foiz sifatida körsatilmoqda. 

Qolaversa, jismoniy şaxslarga ajratilayotgan kreditlar, yani mikroqarzlardan taşqari odatiy bank kreditlari örtaça 22,9 foiz stavkasi bilan berilmoqda. Bu kreditlarning foiz stavkasi mikroqarzlardagi kabi yuqori bölmay, qarz oluvçining moliyaviy yukini sezilarli darajada yengillatadi. 
Şunga öxşaş tarzda, yuridik şaxslarga ajratilayotgan kreditlar örtaça 23 foiz stavkasi bilan beriladi. 
Respublikada mikroqarzlar böyiça foiz stavkalari quyidagiça:
  • Aloqabank 23.0%
  • Infinbank 24.8%
  • Trastbank 24.8%
  • BRB 25.6%
  • OFB 26.0%
  • Milliy bank 26.3%
  • Uzum bank 27.0%
  • Turon bank 27.4%
  • Asakabank 27.6%
  • Mikrokreditbank 27.6%
  • Kapitalbank 28.1%
  • Ziroat bank 28.1%
  • Agrobank 28.2%
  • Asia Alliance bank 28.5%
  • SQB 28.6%
  • Xalq banki 28.8%
  • Universal bank 30.6%
  • Poytaxt bank 30.6%
  • Madad Invest bank 31.4%
  • Hamkorbank 32.6%
  • Garant bank 33.0%
  • Davr bank 35.7%
  • Ipak yöli bank 36.2%
  • Ipoteka bank 37.8%
  • Apex bank 39.2%
  • Tenge bank 39.7%
  • TBC bank 40.4%
  • Anorbank 40.7%. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: