Özbekistonliklar eng köp kreditlarni uy xaridi uçun olayotgani malum qilindi
8-06-2026, 08:13
100 марта
Özbekistonliklar eng köp kreditlarni uy xaridi uçun olayotgani malum qilindi
Eng köp qarzlar uy xaridi uçun olingan
2026 yil 1 may holatiga köra, Özbekiston aholisi banklardan jami 230,77 trillion söm qarzdor. Bu körsatkiç 2025 yil mos davrida 220,3 trillion sömni taşkil etgan. Yillik ösiş — 10,5 trillion söm.
Markaziy bank hisob-kitobiga qaraganda, olingan qarzlarning 83,9 trillion sömi ipoteka kreditlari hisoblanadi. Mazkur körsatkiç bir yil oldingidan 4,5 trillion sömga ösgan.
Keyingi navbatda mikroqarzlar (50,1 trillion söm), mikrokreditlar (44,3 trillion söm) va avtokreditlar (39,6 trillion söm) miqdori nisbatan yuqori şakllangan.
Aholi olgan kreditlarning 6,9 trillion söm talim uçun bölgan. Bu qiymat bir yil avvalgidan deyarli özgarmagan. Istemol kreditlari miqdori 515 milliard sömni taşkil etgan.
Qaysi hudud aholisi köproq qarz olgan?
Eng köp kredit qoldiği Toşkent şahar aholisiga tegişli bölgan — 68,75 trillion söm. Keyingi örinlarda Samarqand (17,1 trillion söm ), Farğona (16,5 trillion söm), Qaşqadaryo (15 trillion söm) viloyatlari qayd etilgan.
Eng kam kreditlar miqdori Sirdaryo viloyatida ekani bildirilgan — 5,3 trillion söm.
Aholiga eng köp kredit ajratganlar — “Ipotekabank” (28,75 trillion söm) va “Özmilliybank” (23,4 trillion söm) bölgan.