Sömga işonç ortmoqda. Bu nimalarda körinadi?
6-02-2026, 18:58
457 марта

Sömga işonç ortmoqda. Bu nimalarda körinadi?
Özbekistonda banklarga sömda depozit joylaş hajmi bir yilda 44 foizga ösdi. Ötgan yili milliy valyuta qiymati keskin mustahkamlandi. Yana qator omillar sömga bölgan işonçni oşirib, iqtisodiyotda dollarlaşuv darajasi pasayişiga olib kelgan.Depozitlarda keskin ösiş
2026 yil yanvarga kelib, banklar aholi va biznesdan jalb qilgan umumiy depozitlar miqdori 241 trillion sömga yetdi. Bu bir yil oldingidan 74 trillion sömga (44 foiz) köp. Çet el valyutasidagi depozitlar söm ekvivalentida 2015 yil 1 yanvardagi 57 trillion sömdan 70 trillion sömga yetgan. Bunda yillik ösiş hajmi—23 foiz.
Ötgan yil yanvarda sömdagi depozitlar yillik foiz stavkasi 19,5 foiz, çet el valyutasidagi qöyilmalar 5 foizni taşkil etgan. Yilning söngi oyi dekabrda sömdagi depozitlar 18,4 foizga, xorij valyutasidagi omonatlar stavkasi 4,7 foizga pasaygan.

Ötgan yili banklar jami 390 trillion söm kredit ajratgan. Şundan 276,4 trillion sömi milliy valyutada, 113,5 trillion sömi çet el valyutasi hissasiga töğri kelgan.
Sömdagi qarzlarning 156,8 trillion sömini jismoniy şaxslar olgan. Çet el valyutasida aholiga kredit berilmagan.
Yil davomida yuridik şaxslar xorijiy valyutada 113,56 trillion söm kredit jalb qilgan bölsa, sömda 108,8 trillion söm qarz olgan.

2025-yilda sömning dollarga nisbatan almaşuv kursi 6,9 foizga mustahkamlangan. Markaziy bank milliy valyuta qadri ortişi iqtisodiyotda sömga bölgan işonçni kuçaytirgan muhim omilligini bildirdi. Bu yuqorida qayd etilganidek, milliy valyutadagi hisob-kitoblar va pul jamğariş faollaşgani bilan boğlangan.
Ötgan yili aholida inflyatsion kutilmalar 14,4 foizdan 11,5 foizgaça, tadbirkorlarda 13,9 foizdan 11,1 foizgaça sekinlaşgan. Kutilmalar şakllanişida valyuta kursi oşişini takidlaganlar omili ikki barobarga qisqargan. Mazkur holat milliy valyuta keskin tebranuvçanligiga bölgan xavotir kamayganini körsatadi.
Tahlillarga qaraganda, iqtisodiyotda dollarlaşuv darajasi kreditlar böyiça 41 foizdan 38 foizgaça, depozitlarda 26 foizdan 22 foizgaça pasaygan. Biroq kreditlarda dollar uluşini hali ham sezilarli yuqori deyiş mumkin. Bu valyuta xavfi borligini, dollarda daromad qilmaydigan biznes uçun risk mavjudligini anglatadi. Agar milliy valyuta qadrsizlansa, qarz yuki keskin oşib ketiş ehtimoli bor.
“Mazkur tendentsiyalarning davom etişi milliy valyutaga bölgan işonçni kuçaytirib, sömdagi aktivlar jozibadorligi oşişiga va makroiqtisodiy barqarorlikka ijobiy hissa qöşadi”, deya xulosa qilgan Markaziy bank.