USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonliklar daromadlarining ösişi sekinlaşdi

372 марта
Özbekistonliklar daromadlarining ösişi sekinlaşdi


2025 yilning birinçi çoragida Özbekistonda aholi jon boşiga umumiy daromadlar 7,6 foizga ösdi. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davrida 9,2 foizni taşkil etgan. Jon boşiga eng yuqori daromadlar Toşkent şahrida (15 mln 859 ming söm), eng past daromadlar esa Namangan viloyatida (3 mln 966 ming söm) qayd etilgan.
Foto: Kun.uz

2025 yilning birinçi çoragida Özbekiston aholisining umumiy daromadlari 222,4 trillion sömga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi hisobotida keltirib ötilgan.

Hisobot davrida aholi daromadlarining nominal körinişdagi ösişi 20,9 foizni, real ösiş surati esa 9,8 foizni taşkil etgan. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç mos ravişda 20,8 va 11,5 foiz bölgandi.


Aholi jon boşiga umumiy daromadlar esa nominal qiymatda 18,5 foizga (2024 yilning I çoragida – 18,2 foiz), real körinişda 7,6 foizga (9,2 foiz) köpaydi. Natijada 2025 yilning dastlabki 3 oyida aholi jon boşiga örtaça daromad 5,9 mln sömga yetgan.

Hududlar kesimida daromadlarning eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri (15 mln 859 ming söm), Navoiy (9 mln 452 ming söm), Buxoro (6 mln 364 ming söm) va Toşkent (6 mln 164 ming söm) viloyatlarida qayd etilgan. Poytaxt va 3 ta viloyatda aholi jon boşiga umumiy daromadlar respublikadagi umumiy körsatkiçdan baland bölgan.


Bu boradagi eng quyi körsatkiçlar Namangan (3 mln 966 ming söm) va Surxondaryo (4 mln 78 ming söm) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida (4 mln 117 ming söm) qayd etilgan.





Aholi jon boşiga daromadlarning eng yuqori real ösişi Farğona (14,5 foiz) va Navoiy viloyati (10,1 foiz) hamda Toşkent şahrida (9,8 foiz) kuzatilgan. Jizzax (2,9 foiz), Toşkent (3,3 foiz) va Sirdaryo viloyatlarida (3,4 foiz) aholining real daromadlari juda kam miqdorda ösgan.

Aholining umumiy daromadlari tarkibi

Hisobot davrida aholi umumiy daromadlarining katta qismi yollanma işçilarning daromadlari va mustaqil ravişda band bölişdan olingan daromadlarni öz içiga olgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlardan (jami aholi umumiy daromadlarining 57,7 foizi) şakllangan. Aholi umumiy daromadlari tarkibida şaxsiy istemol uçun özida işlab çiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning uluşi 7,7 foiz, mol-mulkdan olingan daromadlarning uluşi 4,7 foiz, transfertlardan olingan daromadlar uluşi 29,9 foizni taşkil qilgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: