Özbekiston Hindiston fuqarolariga 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi
Joriy yilning 1 sentyabridan Hindiston fuqarolari ayrim davlatlarning amaldagi köp martalik biznes yoki turizm vizasiga ega bölsa, Özbekistonga 30 kungaça vizasiz kirişi mumkin. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 29 avgustdagi “Xalqaro tan olingan vizalarga ega bölgan xorijiy fuqarolar uçun Özbekiston Respublikasiga kiriş tartibini soddalaştiriş töğrisida”gi PF–180-sonli farmonida belgilandi.
Yangi tartibga köra, vizasiz rejimdan foydalaniş uçun Hindiston fuqarolarida Avstraliya, AQŞ, Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi, Kanada, Janubiy Koreya, Şengen kelişuvi iştirokçilari bölgan davlatlar, Yangi Zelandiya yoki Yaponiyaning amaldagi köp martalik biznes yoki turizm vizasi bölişi kerak.
Şuningdek, fuqaro öz mamlakatiga yoki uçinçi davlatga uçiş uçun aviaçipta taqdim etişi lozim.
Mazkur vizalardan birining amal qiliş muddati davomida Özbekistonga kirgan Hindiston fuqarolariga 30 kungaça vizasiz qoliş huquqi beriladi.
Farmon 2026 yil 29 avgustda qabul qilingan bölib, 1 sentyabrdan kuçga kirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tailand 93 ta mamlakat, jumladan, Özbekiston uçun amal qilayotgan 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilayotgani haqida xabar berilgan edi.