USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz qoliş muddatini qisqartirdi

186 марта

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz qoliş muddatini qisqartirdi

Bugun, 20 may kuni Tailand hukumati xorijliklar bilan boğliq jinoyatlar soni ortayotgani sabab 90 dan ortiq davlat fuqarolari uçun amal qilgan vizasiz muddatni qisqartirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Yangi tartiblarga köra, avval 93 davlat, jumladan AQŞ, Buyuk Britaniya, Yevropaning Şengen hududi davlatlari hamda Avstraliya fuqarolari uçun amal qilgan 60 kunlik vizasiz rejim bekor qilinadi. Bu röyxat orasida Özbekiston ham bor. Endilikda sayyohlar Tailandda vizasiz faqat 30 kungaça qolişi mumkin.

Şuningdek, sayyohlar immigratsiya idorasiga murojaat qiliş orqali vizani bir marta uzaytirişi mumkin böladi. Ammo bu qaror immigratsiya xodimlari tomonidan individual tarzda körib çiqiladi va sayyohlardan nega uzoqroq qolayotgani izohlanişi talab etiladi.

Tailand hukumati vakili Raçada Dhnadirekning aytişiça, turizm iqtisodiyot uçun muhim foyda keltirayotgan bölsa-da, amaldagi tizim ayrim şaxslar tomonidan suiistemol qilingan.

Qayd etilişiça, xorijlik sayyohlar iştirokidagi dökon öğriligi, jamoat joylarida noörin harakatlar kabi holatlar internetda keng muhokamalarga sabab bölgan. Bundan taşqari, ayrim xorijliklar vizaning amal qiliş muddatidan ortiq qolib ketayotgani va turistik hududlarda noqonuniy biznes yuritayotgani böyiça xavotirlar kuçaygan.

Tailand rasmiylari transmilliy jinoiy guruhlar ham immigratsiya qonunlaridan foydalanayotganini bildirgan.

Mamlakat Taşqi işlar vaziri Sihasak Phuangketkeovning takidlaşiça, yangi çoralar muayyan davlat fuqarolariga qarşi emas, balki viza tizimini jinoyat sodir etiş uçun işlatayotgan şaxslarga qaratilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: