Tailand turistlar uçun vizasiz qoliş muddatini qisqartirdi
19-05-2026, 15:38
112 марта

Tailand turistlar uçun vizasiz qoliş muddatini qisqartirdi
Bugun, 19 may kuni Tailand Vazirlar Mahkamasi bundan ikki yil avval qabul qilingan, dunyoning 93 ta davlati fuqarolari uçun möljallangan 60 kunlik vizasiz dasturni bekor qilişni maqulladi. Bu haqda Thai PBS World xabar berdi.Tailand Turizm va sport vaziri Surasak Fançaroyenvorakulning malum qilişiça, mamlakat Vazirlar Mahkamasi dunyoning 93 ta davlati fuqarolari uçun 60 kunlik vizasiz dasturni bekor qiliş qarorini maqullagan. Uning sözlariga köra, uşbu çora vizasiz rejimning bir neçta turidan foydalanadigan davlatlar uçun amal qilgan maxsus şartlarni ham bekor qiladi.
Turizm vaziri Tailand avvalgi 30 kunlik vizasiz kiriş tizimiga qaytişini bildirgan. Uning qöşimça qilişiça, Viza siyosati böyiça qömita xavfsizlik va iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, har bir davlat uçun eng munosib viza turini belgilaş maqsadida viza qoidalarini qayta körib çiqadi.
Oldindan 60 kunlik vizasiz kiriş imkoniyatidan mahrum bölgan barça davlatlar özlarining avvalgi viza qoidalariga qaytadi, ularning aksariyati mamlakatda 30 kun davomida bölişga ruxsat beradi.
Vazir, şuningdek, hukumat şunçaki taşrif buyuruvçilar sonini oşirişga emas, balki mamlakatga “sifatli turistlar”ni jalb qilişga etibor qaratmoqçi ekanligini qayd etgan.
Qayd etiş joiz, avvalroq Tailand sayyohlar uçun vizasiz böliş muddatini 30 kungaça qisqartiriş niyatida ekanligi malum bölgan edi. Mamlakat Taşqi işlar vazirligi uşbu muddat çet elliklar tomonidan mavjud tizimdagi böşliqlardan turizmdan taşqari maqsadlarda suiistemol qiliş holatlarini kamaytiriş uçun qisqartirilayotganini bildirgan.