USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kirişi mumkinligi malum qilindi

1 277 марта
Özbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kirişi mumkinligi malum qilindi

Hozirda Özbekiston fuqarolari 35 ta davlatga vizasiz kiriş huquqiga ega. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov malum qildi.

«Muzokaralar davom etmoqda»

Ahror Burxonovning aytişiça, Taşqi işlar vazirligi Özbekiston fuqarolari uçun xorijiy davlatlarda viza talablarini bekor qiliş yoki soddalaştiriş yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Takidlanişiça, 2023–2025 yillarda Xitoy, BAA, Tailand, Ummon, Eron kabi 10 ga yaqin davlat bilan vizasiz rejim joriy etilgan. Şuningdek, Saudiya Arabistoni, Qatar, Vetnam kabi mamlakatlar Özbekiston fuqarolari uçun viza tartibini yengillaştirgan.

«Hozirgi vaqtda önlab davlatlar bilan fuqarolarimizning xorijga çiqişini yanada osonlaştiriş böyiça faol muzokaralar davom etmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida.

Özbekistonliklarni qaysi davlatlar vizasiz kiritadi?

Hozirda Özbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga vizasiz kiriş huquqiga ega:

  • Antigua va Barbuda
  • Armaniston
  • Barbados
  • Belarus
  • Birlaşgan Arab Amirliklari
  • Dominika
  • Eron
  • Falastin
  • Filippin
  • Gaiti
  • Gambiya
  • Gruziya
  • Grenada
  • Keniya
  • Kot-d’Ivuar
  • Malayziya
  • Mikroneziya
  • Muğuliston
  • Moldova
  • Namibiya
  • Ozarbayjon
  • Qirğiziston
  • Qozoğiston
  • Rossiya
  • Sent-Vinsent va Grenadin orollari
  • Seyşel orollari
  • Şri-Lanka
  • Surinam
  • Tailand
  • Tojikiston
  • Turkiya
  • Ukraina
  • Xitoy
  • Ummon
Qaysi davlatlarga elektron viza bilan borsa böladi?

Özbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga elektron viza (e-visa) orqali kirişi mumkin:

  • Efiopiya
  • Ekvatorial Gvineya
  • Gabon
  • Gvineya
  • Hindiston
  • Janubiy Sudan
  • Jibuti
  • Kongo Demokratik Respublikasi
  • Lesoto
  • Malavi
  • Nigeriya
  • Uganda
Ayrim davlatlarga borib, keyin viza oliş mumkin (Visa on arrival)
  • Boliviya
  • Burundi
  • Gvineya-Bisau
  • Indoneziya
  • Iordaniya
  • Kabo-Verde
  • Kambodja
  • Komor orollari
  • Laos
  • Livan
  • Madagaskar
  • Makao
  • Maldiv orollari
  • Mavrikiy
  • Mavritaniya
  • Mozambik
  • Nepal
  • Nikaragua
  • Palau
  • Qatar
  • Ruanda
  • Samoa
  • Saudiya Arabistoni
  • Serra-Leone
  • Togo
  • Tuvalu
  • Yamayka
  • Zimbabve
  • Şarqiy Timor
Umuman olganda, hozirgi kunda özbekistonliklar 35 ta davlatga vizasiz, yana 42 ta davlatga soddalaştirilgan tartibda (elektron yoki çegarada viza) kiriş imkoniyatiga ega.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: