Özbekiston fuqarolarining BAAga kirişi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz — TIV vakili
28-04-2025, 00:55
267 марта

Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston fuqarolarining BAAga kirişi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va feykdir.
«Özbekiston va BAA örtasidagi mavjud vizasiz tartib öz kuçida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday çoralar joriy etilgani haqida heç qanday malumot bermagan», — deyiladi xabarda.
Şuningdek, TIV vakili fuqarolardan faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga işonişni söradi.
Eslatib ötamiz, 20 aprel kuni Dubayda Özbekistonning önlab fuqarolari iştirokida piçoqbozlik sodir bölgani haqida videolar tarqalgandi. BAA tomoni uşbu iş doirasida 15 nafar Özbekiston fuqarosi qölga olinganini bildirgan.
Mazkur voqeadan keyin Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov sönggi vaqtlarda Özbekiston fuqarolari sodir etayotgan qonunbuzarlik holatlari köpayayotgani vizasiz tartibga tasir körsatişi mumkinligidan ogohlantirgan edi. «Özbekiston fuqarolarini xorijda yurtdoşlarimiz şaniga doğ tuşiruvçi harakatlardan tiyilişga çaqiramiz», deb yozgandi u.
Avvalroq Saudiya Arabistoni Turizm vazirligining Kun.uzʼga öndan ortiq davlatlar, xususan, Özbekiston va Tojikiston fuqarolari uçun elektron vizaga murojaat qiliş xizmati vaqtinçalik töxtatilganini malum qilgandi. Bu – sayohat yoki Umra maqsadida qirollikka borib, noqonuniy Haj qilişning oldini oliş uçun körilgan çora sifatida baholanmoqda