Kreditni qaytariş muddati dehqonlar va tadbirkorlar şaroitiga moslaştiriladi
Özbekistonda kreditlarni qaytariş muddatlari dehqonçilik, savdo va boşqa biznes yönalişlarining öziga xos xususiyatlariga moslaştiriladi. Bu haqda bugun, 3 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan videoselektor yiğilişida malum qilindi.
Qayd etilişiça, yiğilişda mahalla bankirlari va hokim yordamçilarining loyihalar bilan işlaş könikmalari tanqidiy baholangan.
Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, suğurta, aylanma mablağ yoki şartnoma asosida moliyalaştiriş mumkinligini tuşunmasligi qayd etilgan.
Bankirlar va hokim yordamçilari loyiha tayyorlaşdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qöyayotgani tanqid qilingan.
Tadbirkorlarga kredit ajratişda byurokratik tösiqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytariş grafiklari esa biznes turiga moslaştirilmagani körsatib ötilgan.
Kreditlarni qaytariş muddatlarini dehqonçilik, savdo va boşqa biznes yönalişlarining öziga xos xususiyatlariga moslaştiriş zarurligi takidlangan.
Yiğilişda oilaviy va yoşlar tadbirkorligi böyiça imtiyozli kredit resurslarini boşqariş vakolati tuman ştablariga ötkazilişi belgilangan.
Şuningdek, tuman ştablari kimga qança kredit beriş, uni naqd yoki naqdsiz şaklda ajratiş, mablağni qaytariş muddatini uzaytiriş va tölov grafigini biznes turiga moslaştirişni mustaqil hal qiladi.
Bundan taşqari, inklyuziv moliyalaştiriş masalalari ham ştablar vakolatiga ötkaziladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uçun 1 trillion 370 milliard söm, yoşlar tadbirkorligi uçun esa 450 milliard söm resurs mavjud.
Tuman ştablariga mahalliy şaroit va loyihalarning samaradorligidan kelib çiqib, moliyalaştiriş masalalarini mustaqil hal etiş imkoniyati beriladi.
Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million sömgaça, 100 ta oila bilan hamkorlikni yölga qöysa, 5 milliard sömgaça garovsiz kredit olişi mumkin böladi.