USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda qurilayotgan ilk AES nazoratiga xorijiy kompaniyalar jalb qilinadi

69 марта
Ўзбекистонда қурилаётган илк АЭС назоратига хорижий компаниялар жалб қилинади

Özbekistonda qurilayotgan ilk Integratsiyalaşgan atom elektr stantsiyasi loyihasini boşqariş va texnik nazoratni kuçaytiriş uçun yetakçi xorijiy injiniring kompaniyalari iştirokida qöşma korxona taşkil etiş taklif qilindi. Mazkur korxona loyiha yeçimlari, uskunalar va quriliş işlarini mustaqil baholaşi kutilmoqda. Bu haqda joriy yilning 2 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevga mamlakatdagi birinçi Integratsiyalaşgan AES loyihasi böyiça taqdim etilgan hisobotda malum qilindi.

Qayd etilişiça, yangi mexanizm quriliş jarayonini sekinlaştiriş uçun emas, aksinça, texnik yeçimlar sifati va xavfsizligini qöşimça nazorat qiliş uçun joriy etilişi rejalaştirilmoqda. Qöşma injiniring korxonasi murakkab qismlarni mustaqil tahlil qilişi, loyiha hujjatlari va quriliş natijalarining belgilangan standartlarga muvofiqligini tekşirişi kerak.

Hozirça uşbu korxonada qaysi xorijiy kompaniyalar iştirok etişi malum emas. Rasmiy qaror qabul qilinmagani sababli kompaniyalar nomini hozirça elon qiliş töğri emasligi bildirilgan. Loyihaning özi esa allaqaçon amaliy quriliş bosqiçiga kirgan. Birinçi energoblok poydevorining betonlaş işlari 4 iyun kuni boşlangan va hozirgaça poydevorga 916 kub metr beton quyilgan.

Mutasaddilarga köra, bu şunçaki sinov yoki ramziy beton quyiş emas, balki birinçi blokning tayanç konstruktsiyasini barpo etişning boşlanişidir. Keyingi bosqiçda umumstantsiya inşootlarini loyihalaşni yakunlaş va uzoq muddatda işlab çiqariladigan uskunalarni tayyorlaş işlarini jadallaştiriş rejalaştirilgan.

Loyiha faqat reaktorlar va elektr tarmoqlaridan iborat bölmaydi. Stantsiya yaqinida 33 ming aholiga möljallangan atomçilar şaharçasi ham barpo etiladi. 100 gektarlik hududda qariyb 10 mingta xonadon qurilişi közda tutilgan. Şundan 3 mingta xonadon birinçi bosqiçda bunyod etiladi. Şaharçada maktablar, boğçalar, tibbiyot, sport va madaniyat obektlari, ilmiy institutlar hamda yaşil hududlar böladi.

Şuningdek, stantsiyaning normal işlaşi uçun katta hajmdagi taşqi infratuzilma ham yaratiladi. Xususan, 388 kilometr elektr tarmoqlari, 110 kilovoltli podstantsiya, 21 kilometr içimlik suvi, 120 kilometr texnik suv quvurlari, 39,5 kilometr avtomobil yöli va 11 kilometr temiryöl qurilişi rejalaştirilgan.

Bu işlarning katta qismida mahalliy korxonalarni jalb qiliş közda tutilgan. Taşqi infratuzilmada mahalliy mahsulot va xizmatlar uluşini 60–70 foizgaça yetkaziş maqsad qilingan.

Loyihada mahalliylaştirişga ham katta etibor qaratilmoqda. Malum qilinişiça, hozirning özida 30 dan ortiq mahalliy korxona kabel, metall prokat, temir-beton va gidroizolyatsiya mahsulotlarini yetkazib berişga qodir.

Mahalliylaştiriş darajasini 30 foizdan oşiriş uçun Foriş tumanida, stantsiyadan 25 kilometr uzoqlikda, 200 gektarlik ixtisoslaştirilgan sanoat zonasi taşkil etiş taklif qilingan. Bu hududda 15 yönalişda mahsulot işlab çiqariş va yiğiş, şuningdek, 2 mingtagaça yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan.

AES qurilişining eng faol davrida maydonda 10 mingdan ortiq işçi va mutaxassis mehnat qilişi kutilmoqda. Ularning 65–70 foizi mahalliy kadrlar bölişi rejalaştirilgan.

Stantsiya hali işga tuşmasidan turib, uning bölajak xodimlarini tayyorlaşga ham kirişilgan. 2023 yildan buyon “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universitetining Toşkent filialini 216 nafar talaba tamomlagan. Ularning 83 nafari Xitoy, Vengriya, Frantsiya, Italiya va Koreyadagi oliy talim muassasalarida öqişni davom ettirmoqda. Yana 100 nafar mutaxassis Özbekistondagi törtta oliygohda tayyorlanmoqda.

Loyihaning yana bir öziga xos jihati – bir hududda katta quvvatli VVER-1000 reaktorlari va RITM-200N kiçik modulli bloklarining birlaştirilişidir. Bu yondaşuv elektr işlab çiqariş quvvatini bosqiçma-bosqiç oşiriş, yangi texnologiyalarni özlaştiriş va Özbekistonda atom energetikasi böyiça muhandislik maktabini şakllantiriş imkonini berişi kutilmoqda.

Loyiha Xalqaro atom energiyasi agentligining (XAEA) Milestones Approaç strategik yondaşuvi va “3S” – xavfsizlik, jismoniy himoya hamda kafolatlar tamoyillari asosida amalga oşirilmoqda. Iyun oyida Özbekistonda XAEAning Bildirilişiça, INIR Follow-up missiyasi ötkazilib, unda 16 ta vazirlik va idoradan 41 nafar rahbar va mutaxassis qatnaşgan. Missiyaning rasmiy hisoboti keyinçalik XAEA saytida elon qilinadi.

Loyiha böyiça joriy yil oxirigaça loyiha hujjatlarini yakunlaş, taşqi tarmoqlar qurilişini boşlaş, mahalliylaştirişni kengaytiriş va bölajak xodimlarni tayyorlaşni jadallaştiriş rejalaştirilgan. 2027 yilda esa VVER katta bloklari böyiça litsenziya hujjatlarini işlab çiqiş, umumstantsiya binolarini loyihalaş va uzoq muddatda işlab çiqariladigan uskunalarga buyurtma beriş közda tutilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: