USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jizzaxda 33 ming aholiga möljallangan atomçilar şaharçasi quriladi

85 марта
Жиззахда 33 минг аҳолига мўлжалланган атомчилар шаҳарчаси қурилади

Jizzax viloyatida 200 gektar maydonda qariyb 33 ming aholiga möljallangan atomçilar şaharçasi quriladi. Bu haqda bugun, 2 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan Jizzax viloyatida integratsiyalaşgan atom elektr stantsiyasi hamda unga yondoş zamonaviy şaharça barpo etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdimotda söz boradi.

Qayd etilişiça, taqdimotda joriy yil 22-26 iyun kunlari MAGATEning kompleks baholaş missiyasi ötkazilib, Özbekiston milliy yadroviy infratuzilmasining rivojlaniş holatiga yuqori baho berilgani qayd etilgan.

Stantsiyaning taşqi muhandislik infratuzilmasini barpo etiş doirasida 388 kilometr elektr tarmoqlari, 110 kilovoltli podstantsiya, 21 kilometr içimlik va 120 kilometr texnik suv quvurlari, 39,5 kilometr avtomobil hamda 11 kilometr temir yöl quriladi.

Davlat rahbari uşbu obektlar qurilişida mahalliy mahsulot va xizmatlar uluşini 60-70 foiz darajasida taminlaş zarurligini körsatib ötgan.

Quriliş davrida işçi va mutaxassislar hamda ularning oilalarini munosib yaşaş şaroiti bilan taminlaş maqsadida atomçilar şaharçasini barpo etiş rejasi ham körib çiqilgan.

Ikki yuz gektar maydonda qariyb 33 ming aholiga möljallangan 10 mingga yaqin, şu jumladan, birinçi bosqiçda 3 mingta xonadonli turar joylar qurilişi közda tutilgan.

Şaharçada energiya samarador köp qavatli uylar, maktab va maktabgaça talim taşkilotlari, tibbiyot, sport va madaniyat obektlari, dam oliş maskanlari hamda keng yaşil hududlar böladi. Qurilişda zamonaviy issiqlik himoyasi, muqobil energiya va “aqlli” yoritiş yeçimlaridan foydalaniladi.

Loyihani boşqariş va texnik nazoratni kuçaytiriş, texnologik yeçimlarni mustaqil ekspertizadan ötkaziş uçun yetakçi xorijiy injiniring kompaniyalari iştirokida qöşma korxona taşkil etiş taklifi bildirilgan. Şuningdek, qariyb mingta sohaviy standartni milliy tizimga moslaştiriş va amaliyotga joriy etiş belgilangan.

Stantsiyani kelgusida boşqaradigan yuqori malakali operatorlar, muhandislar va radiatsiya xavfsizligi mutaxassislarini hozirdan maqsadli tayyorlaş zarurligi takidlangan.

Rossiya milliy tadqiqot yadro universitetining Toşkent şahridagi filialini 2023 yildan buyon 216 nafar talaba bitirgan. Ularning 83 nafari Xitoy, Vengriya, Frantsiya, Italiya va Koreyaning yetakçi oliygohlarida magistratura va aspiranturada tahsilni davom ettirmoqda. Yana 100 nafar mutaxassis mamlakatning törtta oliy talim muassasasida tayyorlanmoqda.

“Özatom” agentligi va AES qurilişi direktsiyasining vazifalari kengayib borayotganidan kelib çiqib, ularning taşkiliy va kadrlar salohiyatini bosqiçma-bosqiç mustahkamlaş takliflari ham körib çiqilgan.

Davlat rahbari atom stantsiyasi va atomçilar şaharçasi qurilişini yuqori sifatda, xavfsiz va belgilangan muddatlarda amalga oşiriş, mahalliy korxonalar iştirokini kengaytiriş, infratuzilma hamda kadrlar tayyorlaş işlarini uyğun taşkil etiş böyiça mutasaddilarga aniq topşiriqlar bergan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzaxdagi atom elektr stantsiyasi loyihasining umumiy qiymati 9,5 milliard dollarni taşkil etişi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: