Jizzaxda 2 ta kiçik, 2 ta katta reaktorli AES quriladi
3-10-2025, 23:14
224 марта

Jizzaxda 2 ta kiçik, 2 ta katta reaktorli AES quriladi
Jizzax viloyatidagi bitta maydonda ikkita katta quvvatli reaktor va ikkita kiçik quvvatli reaktor quriladi. Bu haqda joriy yilning 26 sentyabr kuni Moskvada bölib ötgan butunjahon atom haftaligi doirasidagi Global atom forumining yiğilişida Özbekiston Boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev malum qildi.
Qayd etilişiça, butunjahon atom haftaligi doirasidagi Global atom forumining yiğilişini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin oçib bergan. Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev ham iştirok etgan. Unda Jamşid Xöjayev mamlakat tarixidagi birinçi AES loyihasi noyob ekanini takidlagan. Xususan, Jizzax viloyatidagi bitta maydonda har biri 1000 MVt bölgan ikkita katta quvvatli reaktor va har biri 55 MVt bölgan ikkita kiçik quvvatli reaktor quriladi.
Bildirilişiça, 2035 yilga borib, qariyb 525 gektar maydondagi stantsiya yiliga 15,2 milliard kVt•soat işlab çiqaradi. Bu mamlakatdagi bugungi kundagi umumiy istemolning qariyb 15 foiziga teng. Boş vazir örinbosari, şuningdek, uşbu loyiha energetikani diversifikatsiya qiliş böyiça keng strategiyaning bir qismi ekanini qayd etgan: 2030 yilga borib Özbekistonda “toza” energetika uluşi 40 foizdan oşişi kerak va atom elektr stantsiyasi bu maqsadga erişişda salmoqli hissa qöşadi.
Global atom forumi doirasida ikkita strategik muhim bitimlar imzolangan.