Özbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi

“Özatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi Özbekistonda katta quvvatli atom elektr stantsiyasini quriş böyiça bitim imzoladi.
Bu haqda xabar bergan “Rosatom” bayonotidahujjat avvaliga “Özbekiston Respublikasida katta quvvatli AES quriş loyihasini amalga oşirişning asosiy şartlari töğrisida” deb atalgan edi.
Keyinroq press-reliz tahrirlanib, imzolangan hujjatning nomi “Özbekiston Respublikasida katta quvvatli AES quriş loyihasini amalga oşiriş imkoniyatlarini örganiş töğrisida” deb özgartirildi.
“Özbekistonda kiçik modulli elektr stantsiyasi zamonaviy kiçik atom elektr stantsiyasining sayyoradagi birinçi eksport mahsulotidir. Hozir loyihani kengaytiriş va uşbu gigavattli maydonda yana ikkita yirik energiya blokini quriş ustida işlayapmiz”, dedi “Rosatom” boş direktori Aleksey Lixaçev.
Rossiya hukumati raisi örinbosari Aleksandr Novakka köra, Rossiya Özbekistonda 2 GW quvvatli katta AES va 110 MW quvvatli kiçik AES qurişni rejalaştiryapti.
“Bugun AES qurilişining aniq iqtisodiy parametrlari muhokama qilinmoqda. Bu 1000 MW quvvatga ega ikkita katta energoblok va 55 MW quvvatga ega ikkita kiçik blok böladi. Birinçi marta Özbekistonda kiçik quvvatli atom stantsiyasini qurişni amalga oşiramiz”, – dedi Novak Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida.
“Rosatom” öz bayonotini yuqorida keltirilgan tarzda tahrirlagani – “Özatom” tomonidan ham press-reliz elon qilinişi fonida röy berdi.
Özbekiston tomonining axborotida bu bitim “katta quvvatli AES quriş loyihasini amalga oşiriş imkoniyatlarini örganiş töğrisida” deb nomlangan.
“Hujjat ikkita VVER-1000 qurilişini kelgusida törtta energoblokkaça kengaytiriş bilan amalga oşiriş mumkin bölgan asosiy şartlarni öz içiga oladi”, deyiladi “Özatom” press-relizida.