Rossiya Özbekistonda 2 ta AES qurişni tezlaştirmoqçi
30-08-2025, 00:42
313 марта

Rossiya Özbekistonda 2 ta AES qurişni tezlaştirmoqçi
Özbekiston hududida bir vaqtning özida ikkita Rossiya atom elektr stantsiyasini (biri katta va biri kiçik) quriş masalasi körib çiqilmoqda. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasida Özbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan qabulda aytib ötdi.Uning sözlariga köra, bu Markaziy Osiyoda bunday turdagi birinçi loyihadir.
“Özbekistonda Rossiya loyihasi böyiça ikkita, biri katta va biri kiçik atom elektr stantsiyasini quriş masalasi ustida iş olib borilmoqda. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida bunday turdagi birinçi loyiha”, dedi u.
Ryabkov AESning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi Özbekistonga yangi texnologik yutuq yaratiş imkonini berişiga işonçi komil ekanini takidlagan.
Malumot uçun, joriy yil aprel oxirida “Rosatom” rahbari Aleksey Lixaçyov jurnalistlarga bergan intervyusida Özbekistonda kiçik AES qurilişi doirasida yaqin bir yil içida beton quyilişini kutayotganlarini aytgandi. U, şuningdek, Özbekistonda katta AES qurilişi böyiça ham kompaniya tayyor takliflar işlab çiqqanini bildirgandi. Bu takliflar orasida moliya modeli, taşkiliy masalalar va maksimal mahalliylaştirişga doir variantlar mavjud.
Özbekistonda qurilişi rejalaştirilgan kiçik AES – bu “Rosatom”ning xorijdagi ilk eksport loyihasi hisoblanadi. Loyiha böyiça ikki davlat ötgan yilning bahorida kelişuvga erişgan, kuzda esa texnik hujjatlarni işlab çiqiş va loyiha işlarini boşlaş töğrisida protokol imzolangan edi.
Avvalgi rejalarga köra, har birining quvvati 55 MVt bölgan olti reaktor qurilişi kerak edi. Quriliş işlari joriy yil yozida boşlanişi, AESning bosqiçma-bosqiç işga tuşirilişi esa 2029-2033 yillar oraliğida amalga oşirilişi rejalaştirilgan.