Qahramon Quronboyev işdan olindi – manba
Qahramon Quronboyev Özbekiston Mahallalari uyuşmasi raisi lavozimidan ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Malumot uçun, Qahramon Quronboyev 1992 yilda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti)ni, 2004 yilda Özbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
U 1997-2008 yillarda "Kamolot" yoşlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2009-2012 yillarda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Manaviyat va marifat işlari böyiça prorektori bölgan. 2012-2013 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi Manaviy-marifiy işlar böyiça prorektori, 2013-2015 yillarda Respublika Manaviyat tarğibot markazi rahbari lavozimlarida işlagan.
Şuningdek, Qahramon Quronboyev Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinçi örinbosari, Özbekiston Prezidentining taşkiliy masalalar va kadrlar böyiça davlat maslahatçisi örinbosari ham bölgan.
U 2024 yilning yanvar oyidan buyon Özbekiston Mahallalari uyuşmasi raisi lavozimida işlab ketayotgan edi.