USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi fuqarolar öz murojaatlarini mustaqil nazorat qila oladi

77 марта
Энди фуқаролар ўз мурожаатларини мустақил назорат қила олади

Fuqarolarga murojaatlarining körib çiqiliş jarayonini kuzatiş va berilgan javobdan qoniqmagan taqdirda uni qayta ijroga yuboriş imkonini beruvçi yangi xizmat işga tuşirildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, Prezident Xalq qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda murojaatlar böyiça SMS-xabarnoma xizmatini yölga qöygan. Endilikda murojaatning har bir bosqiçi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytidagi şaxsiy kabineti hamda SMS orqali malumot berib boriladi.

SMS-xabarnomada murojaatga oid maxsus havola böladi. Fuqaro uşbu havola orqali öz şaxsiy kabinetiga kirib, murojaatining körib çiqiliş jarayonini kuzatişi mumkin.

Murojaat örganilib, unga javob berilgaç, fuqaroning pm.gov.uz saytida röyxatdan ötgan telefon raqamiga maxsus havolaga ega SMS yuboriladi. Fuqaro havola orqali javob bilan tanişib, unga munosabat bildirişi mumkin.

Agar fuqaro javobdan qoniqsa yoki muammosi hal etilgan bölsa, “Roziman” tugmasini bosadi. Aksinça, javobdan norozi bölsa yoki masala ijobiy hal etilmagan deb hisoblasa, “Etirozim bor” tugmasini tanlaydi. Bunday holatda murojaat qayta ijroga yuborilib, yana körib çiqiladi.

Yangi tartib murojaatlarni kuzatişni 5 bosqiçga ajratadi: fuqaro SMSdagi havola orqali şaxsiy kabinetiga kiradi, murojaat holatini kuzatadi, javob tayyorlangaç SMS oladi, javob bilan tanişadi va yakunda unga roziligi yoki etirozini bildiradi.

Bu tizim murojaatlarni körib çiqiş jarayonini fuqarolarning özi tomonidan nazorat qiliş imkonini beradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: