Sietlda Özbekistonning Boş konsulxonasi oçildi
AQŞning Sietl şahrida Özbekiston Respublikasi Boş konsulxonasi rasman oçildi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining şartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatçisi, Prezident Administratsiyasining AQŞdagi vakili Komil Allamjonov özining Telegram-kanalida malum qildi.
Uning bildirişiça, bu Tinç okeani şimoli-ğarbiy mintaqasida mamlakatning birinçi konsullik muassasasi bölib, uning oçilişi Özbekiston va AQŞ örtasidagi aloqalarni yanada rivojlantiriş yölidagi muhim qadam.
Yangi Boş konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, talim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.