Oregon va Sitak ham 1 sentyabrni “Özbekiston mustaqilligi kuni” deb elon qildi
Sietl va Vaşington şahridan söng Oregon ştati gubernatori hamda Sitak şahri meri ham öz hududlarida 2026 yil 1 sentyabrni rasman “Özbekiston mustaqilligi kuni” deb elon qildi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining şartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatçisi, Prezident Administratsiyasining AQŞdagi vakili Komil Allamjonov özining Telegram-kanalida malum qildi.
“Uşbu taşabbus uçun amerikalik hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deb yozgan Allamjonov.


Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning yirik iqtisodiy va texnologik markazlaridan biri – Sietl şahri meri Keti B.Uilson 2026 yil 1 sentyabrni şaharda rasman “Özbekiston mustaqilligi kuni” deb elon qilgandi.
Şuningdek, AQŞ poytaxti Vaşington şahri 1 sentyabrni Özbekiston Mustaqilligining 35 yilligi kuni deb elon qildi.