Saida Mirziyoyeva Zamonaviy sanat markazining oçilişida qatnaşdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkent şahridagi Zamonaviy sanat markazining oçiliş marosimida iştirok etdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.
“Toşkentda Zamonaviy sanat markazining (“CCA Taşkent”) oçiliş marosimi böldi. Uşbu dargohda körgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, talim maydonlari hamda uçraşuv va tadqiqotlar uçun möljallangan jamoat hududlari örin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida şu turdagi birinçi raqamli majmua darajasiga olib çiqmoqda”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Uning bildirişiça, yangi madaniy klaster 1912 yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stantsiyasining tarixiy binosida joylaşgan. Inşootning memoriy transformatsiyasi dunyoga maşhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oşirilgan. Endilikda u yerda körgazmalar, ilmiy izlaniş jarayonlari, maruzalar, oçiq muloqotlar, film namoyişlari, kontsert va performanslar muntazam ötkazib boriladi.


“Mamlakatimizda yana bir şunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Taşkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro taşkilotlar bilan yaqindan hamkorlik örnatib, özbekistonlik istedod egalarining yangi auditoriyaga çiqişi hamda xorijiy sahnalarda munosib etirof topişiga zamin yaratadi.
Mazkur loyiha Prezidentimizning taşabbuslari hamda Özbekiston Madaniyat va sanatni rivojlantiriş jamğarmasining katta say-harakatlari natijasida röyobga çiqdi”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.



Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi yangi Zamonaviy sanat markaziga taşrif buyurib, u yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişgandi.