Markirovkalaş qoidasini ilk bor buzgan tadbirkorlar endi jarima tölamaydi
Özbekistonda markirovkalaş talablarini buzgan tadbirkorlar uçun javobgarlik yengillaştirilişi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat rahbarining “Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida söz boradi.
Hujjatga köra, joriy yilning noyabrigaça markirovkalaş qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik çoralarini yengillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi işlab çiqiladi. Unda, xususan, çakana savdo va umumiy ovqatlaniş sohasidagi tadbirkorlar uçun jarimalarni qatiy miqdorda belgilaş közda tutilgan.
Şuningdek, markirovkalaş talablari ilk bor buzilgani aniqlanganida ogohlantiriş tartibini joriy etiş taklif qilinmoqda.
Yani tadbirkorga birinçi qoidabuzarlikning özi uçun darhol jarima soliş örniga, kamçilikni bartaraf etiş imkoniyati beriladi.
Farmonda mehmonxona va umumiy ovqatlaniş korxonalari faoliyatiga taalluqli yana bir yengillik ham belgilangan. Unga köra, bunday tadbirkorlar suv va salqin içimliklar, pivo hamda tamaki mahsulotlarini xarid qilganda, uşbu mahsulotlarning raqamli markirovka kodlari korxonada yakuniy istemolçiga sotilgan deb etirof etiladi.
Farmonda tadbirkorlar uçun jarimalarni qöllaşning umumiy tartibini ham yumşatiş közda tutilgan. Xususan, birinçi marta qoida buzgan, biroq fuqarolar hayoti va soğliği yoki boşqa şaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga jarima solinmasdan, kamçilikni tuzatiş uçun 10 kun muddat beriş nazarda tutilmoqda.
Malumot uçun, markirovkalaş qoidalariga oid özgarişlar hozirça taklif bosqiçida. Tegişli qonun loyihasi 2026 yil noyabrigaça işlab çiqilişi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda suv va gazli içimliklarga qöyilgan yangi markirovka tizimi (yani, mahsulotni kuzatib boriş tizimi) hozirça majburan joriy qilinmasligi haqida xabar berilgan edi.