Rasman! Ğofurjon Mirzayev Mahallalar uyuşmasi raisi böldi
Bugun, 7 sentyabr kuni Ğofurjon Ğaniyeviç Mirzayev Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmoni imzolandi.
Qayd etilişiça, yangi lavozimga ötişi munosabati bilan Ğofurjon Mirzayev Özbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etilgan.
Şuningdek, avvalroq Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan maqullangan.
Malumot uçun, Ğofurjon Mirzayev 1964 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. Millati özbek. Malumoti oliy. 1990 yil Toşkent politexnika instituti (kunduzgi), 2000 yil Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2003 yil Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
Ğofurjon Mirzayev 2016 yildan 2022 yil noyabrgaça Sirdaryo viloyati hokimi vazifasida faoliyat yuritgan. Öşa yildan buyon Prezident maslahatçisi lavozimida işlab kelayotgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qahramon Quronboyev Özbekiston Mahallalari uyuşmasi raisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.