Xorazmlik amaldor Quronboyev kursidan ketdimi? Rasman tasdiqlanmagan
6-09-2026, 20:42
842 марта
Xorazmlik amaldor Quronboyev kursidan ketdimi? Rasman tasdiqlanmaganMamlakat ijtimoiy hayotida katta rol öynaydigan Mahallalar uyuşmasi rahbariyatida kutilmagan özgariş sodir bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Malumotlarga köra, uyuşma raisi lavozimini 2024 yil yanvaridan buyon egallab kelayotgan xorazmlik farzand — Qahramon Quronboyev öz postini tark etgan emiş.
Bazi manbalarning yozişiça, uning örniga endi Mirzayev Ğofurjon Ğaniyeviç tayinlanişi kutilmoqda. Ammo şuni alohida takidlaş kerakki, bu haqda hali heç qanday rasmiy bayonot yoki farmon elon qilingani yöq — yani xabar hozirça faqat “aytişlar” darajasida qolmoqda.
Kim bu Qahramon Quronboyev?
Eslatib ötamiz, Quronboyev bu lavozimga qadar Prezident Administratsiyasi Yoşlar siyosati departamenti rahbari bölib işlagan, undan oldin esa «Kamolot» harakati, Milliy universitet va Vazirlar Mahkamasida turli masuliyatli vazifalarni bajargan. Uyuşma raisi maqomi Boş vazir örinbosariga tenglaştirilgan — yani bu oddiy amaliy lavozim emas, katta vakolat va nufuzga ega mansab hisoblanadi.