USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Jahon bojxona taşkiloti boş kotibini qabul qildi

45 марта
Шавкат Мирзиёев Жаҳон божхона ташкилоти бош котибини қабул қилди

Bugun, 7 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentda yettinçi Global kinologiya forumida iştirok etiş doirasida mamlakatda bölib turgan Jahon bojxona taşkiloti boş kotibi Yan Sondersni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, bojxona mamuriyatçiligini takomillaştiriş, bojxona organlarining salohiyatini mustahkamlaş va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş böyiça amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.

Taşkilot kömagida Özbekiston savdoni yengillaştiriş sohasidagi qator xalqaro konventsiyalarga qöşilgani, zamonaviy bojxona nazorati mexanizmlari joriy etilib, Bojxona xizmati faoliyatini 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi işlab çiqilgani va qabul qilingani qayd etilgan.

Özbekistonda bojxona sohasida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar natijasida bugungi kunda eksport yuklarining 94 foizi va import yuklarining 87 foizi soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştirilmoqda. Deklaratsiyalarni rasmiylaştiriş vaqti 20 daqiqagaça qisqartirilgan.

Bojxona organlarining tadbirkorlik subektlari bilan samarali hamkorligini taminlaydigan raqamli yeçimlar faol joriy etilmoqda, mamuriy tösiqlar qisqartirilib, korruptsiyaviy xavflar kamaytirilmoqda.

Uçraşuvda bojxona tartib-taomillarini yanada raqamlaştiriş va uyğunlaştiriş, normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş hamda kadrlarni öqitiş va ularning malakasini oşiriş masalalariga alohida etibor qaratilgan. Özbekistonni Jahon savdo taşkilotiga azo bölişga tayyorlaş doirasida uşbu masalalarning dolzarbligi takidlangan.

Yakunda hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş va bojxona mamuriyatçiligini takomillaştirişga qaratilgan aniq çora-tadbirlarni nazarda tutuvçi “yöl xaritasi”ni birgalikda işlab çiqiş va qabul qiliş böyiça kelişuvga erişilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: