Özbekistondan köçib ketganlar soni kamaydi
Joriy yilning birinçi yarmida xorijga köçib ketgan özbekistonliklar soni ötgan yilga nisbatan kamroq böldi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida Özbekistondan xorijiy davlatlarga doimiy yaşaş uçun 5 422 nafar kişi köçib ketgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 129 nafarga yoki 2,3 foizga kam.
Xorijga doimiy yaşaş uçun köçib ketganlarning asosiy qismi Qozoğiston va Rossiyaga yöl olgan. Jumladan, ularning 83 foizi Qozoğiston, 14,1 foizi Rossiya hissasiga töğri kelgan.
Şuningdek, köçib ketganlarning 0,8 foizi Janubiy Koreyaga, 0,6 foizi Qirğizistonga borgan. Qolgan 1,5 foizi boşqa davlatlarga doimiy yaşaş uçun köçib ketgan. Hududlar böyiça eng köp kişi Qoraqalpoğiston Respublikasidan xorijga köçib ketgan – 1 899 nafar.
Keyingi örinlarda Toşkent viloyati (1 431 nafar) va Navoiy viloyati (1 203 nafar) turibdi. Toşkent şahridan esa 492 nafar fuqaro doimiy yaşaş uçun xorijga köçib ketgan.
Qolgan hududlarda bu körsatkiç quyidagiça:
- Xorazm viloyati – 79 nafar;
- Buxoro viloyati – 59 nafar;
- Jizzax viloyati – 50 nafar;
- Samarqand viloyati – 48 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 39 nafar;
- Namangan viloyati – 37 nafar;
- Farğona viloyati – 28 nafar;
- Andijon viloyati – 27 nafar;
- Qaşqadaryo viloyati – 21 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 9 nafar.
Eslatib ötamiz, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida Özbekistonga xorijiy davlatlardan 1 649 kişi doimiy yaşaş maqsadida köçib kelgani haqida xabar berilgan edi.