Turkiyalik maşhur aktyor ölik holda topildi
Joriy yilning 5 sentyabr kuni turk kino va teatrining taniqli vakillaridan biri, maşhur aktyor Serhat Mustafo Qiliç Istanbuldagi uyida ölik holda topildi. Bu haqda “A Haber” xabar berdi.
Malumotlarga köra, 1975 yilda tuğilgan aktyor Serhat Mustafo Qiliçdan qariyb ikki kun davomida xabar bölmagan. Şundan söng, uning sevgilisi uyiga borgan va aktyorni mehmonxonadagi divanda harakatsiz holda topgan. Xabar berilgaç, voqea joyiga tegişli xizmatlar yuborilgan.
Naşrga köra, aktyorning tanasida kökarişlar aniqlangan, biroq jarohat yoki oçiq kaltaklaş izlari topilmagan. Uning ölimining aniq sababi sud-tibbiy ekspertiza institutida ötkaziladigan tekşiruvdan söng malum böladi. Şuningdek, Qiliçning uyidan spirtli içimliklar şişalari bilan birga, taqiqlangan moddalarni istemol qilişda işlatiladigan sigaretalarni öraş uçun qöllanadi, deb taxmin qilingan, turkçada “çarşaf” deb ataluvçi qoğozlar ham topilgan. Hodisa Istanbulning Kağitxane tumani Nurtepe mahallasida sodir bölgan.
Dastlabki tekşiruvda Qiliçning köz atrofi, qöllari va oyoqlarida kökarişlar borligi aniqlangan. Biroq tanasida heç qanday yara, kesilgan yoki sançilgan joy, şuningdek, oçiq kaltaklaş izlari topilmagan.
Aktyorning jasadi ölim sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertiza instituti morgiga olib ketilgan. Keyinçalik tegişli jarayonlar yakunlangaç, jasad yaqinlariga berilgan va Zinjirlikuyu qabristoni ğuslxonasiga olib borilgan.
Qiliçda avvaldan malum bölgan qalqonsimon bez kasalligi bölgani aytilmoqda. Bundan taşqari, boşqa malum kasalligi bölmagan. Şu bilan birga, sönggi vaqtlarda aktyor köp miqdorda spirtli içimlik istemol qilgani haqida malumotlar bor.
Şuningdek, aktyor limfa saratonidan davolangan va kasallikdan tuzaliş bosqiçida bölgan, degan iddao ham ilgari surilmoqda.
Taxminlarga köra, ötgan haftada Qiliç kuçli oğriqlar sababli qiz dösti tomonidan şifoxonaga olib borilgan. Tekşiruvlar natijasida unga böyin umurtqalaridagi disk çurrasi taşxisi qöyilgan.
Qayd etilişiça, aktyor Serhat Qiliçning vafoti bilan boğliq uyidagi tekşiruvlar yakunlangan.
Qiliçning menejeri Tolga Çinkitaş aktyor uçun ertasi kuni Muhsin Ertuğrul sahnasida xotira marosimi ötkazilişini, 8 sentyabr kuni esa Anqarada dafn etilişini malum qilgan.
“Bu juda kutilmagan yöqotiş böldi. Juda xafamiz. Uning muxlislari bizga doim xabarlar yozmoqda. Ertaga Istanbulda Muhsin Ertuğrul sahnasida soat 12:00 da xotira marosimi ötkaziladi. Barça döstlarini şu yerda kutamiz. 8 sentyabr kuni peşin namozida Ahmet Hamdi Akseki masjidida janoza namozi öqiladi va şundan söng Anqarada dafn etiladi”, degan menejer.
Kiliçning serialdagi hamkasbi Şöray Uzun aktyorning ölimi sababi rasman malum qilinmasidan oldin turli taxminlar bildirilayotganlarga murojaat qilgan.
“Hozir uning ölim sababini bilmaymiz. Faqat taxminlar asosida gapirişimiz mumkin. Biroq taxminlarni haqiqatdek taqdim etiş heç qanday axloqiy qadriyatlarga töğri kelmaydi. Kutiş kerak, rasmiy bayonot beriladi”, degan u.
Şöray Uzun Qiliç bilan ança vaqtdan beri körişmaganini aytib, u uçun qadrli döst bölganini takidlagan.
Malumot uçun, Serhat Mustafo Qiliç 1975 yil 8 iyul kuni Anqarada tuğilgan. 1994 yilda Bilkent universitetining Musiqa va sahna sanati fakulteti teatr yönalişiga grant asosida öqişga kirgan. 1998 yilda universitetni yuqori baholar bilan tamomlagan.
Uning ilk professional spektakli Anqara sanat teatrida Rutkay Aziz rejissyorligida sahnalaştirilgan Ariel Dorfmanning “Yöqolganlar (Bevalar)” asari bölgan. 1999–2000 yillar mavsumida Diyorbakr davlat teatrida işlagan. Şu yillarda Diyorbakr şahar teatrlarida sahna va aktyorlik böyiça darslar bergan hamda uşbu muassasada “Tinçlik oroli” spektaklini sahnalaştirgan. 2002 yilda majburiy xizmatini ötaş uçun Erzurum davlat teatriga aktyor sifatida tayinlangan.
2014 yilda rejissyor Nuri Bilge Jeylanning “Qiş uyqusi” filmida imom Hamdi obrazini ijro etgan. Film öşa yili Kann kinofestivalida “Oltin palma” mukofotini qölga kiritgan. Qiliç uşbu filmdagi ijrosi uçun 47-Kino mualliflari uyuşmasi (SİYAD) mukofotlarida “Eng yaxşi ikkinçi darajali erkak aktyor ijrosi” nominatsiyasiga davogarlik qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kembrij universitetining eng yoş qora tanli professori bölgan britaniyalik sotsiolog Jeyson Ardey Londonning Battersi hududidagi uyda ölik holda topilgan edi.