“Uyda yolğiz” filmi yulduzi 80 yoşida vafot etdi
Britaniyalik maşhur aktyor va qöşiqçi Tim Karri 80 yoşida Los-Anjelesdagi uyida vafot etdi. Bu haqda keça, 26 avgust kuni uning menejeri malum qildi.
Qayd etilişiça, Karri Los-Anjelesdagi uyida joriy yilning 25 avgust kuni vafot etgan. Ölim sababi hozirça malum qilinmagan. Aktyor sönggi yillarda soğliği bilan boğliq muammolarga duç kelgan.
Malumotlarga köra, Karri kino tarixida, avvalo, 1975 yilda ekranlarga çiqqan kult film “Rokki Xorrorning dahşatli şousi”dagi doktor Frenk N. Furter obrazi bilan maşhur bölgan. Mazkur rol aktyorning eng taniqli obraziga aylangan.
U şuningdek, “Uyda yolğiz 2: Nyu-Yorkda yöqoliş”, “Uç muşketyor”, “Dalil”, “Afsona”, “Mappetlar: Xazinalar oroli”, “Soya” va “Çarlining fariştalari” kabi filmlarda rol ijro etgan.
Aktyor sahnada ham katta muvaffaqiyatlarga erişgan. U “Amadey”, “Mening sevimli yilim” va “Monti Paytonning Spamaloti” spektakllaridagi rollari uçun uç marta “Toni” mukofotiga nomzod bölgan. Şuningdek, animatsion loyihalardagi ovozli rollari bilan ham tanilgan va 1991 yilda “Piter Pen va qaroqçilar” multserialidagi işi uçun kunduzgi “Emmi” mukofotini (Daytime Emmy Award) qölga kiritgan.
Karri 2013 yilda insultni boşdan keçirgan. Şundan söng nogironlar aravaçasidan foydalangan va ijodiy faoliyatini ança qisqartirgan. Şunga qaramay, u aktyorlikni butunlay tark etmagan. 2024 yilda “Stream” qörqinçli filmida katta ekranga yana qaytgan.
Malumot uçun, Tim Karri 1946 yil 19 aprelda Angliyaning Çeşir grafligidagi Grappenxoll qişloğida tuğilgan. U Birmingem universitetida drama yönalişida tahsil olgan.
Aktyor turmuş qurmagan va farzandlari bölmagan. U aktyorlikdan taşqari qöşiqçi va bastakor sifatida ham faoliyat yuritgan, öz rok guruhida ijro etgan hamda bir neçta albom çiqargan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Uyda yolğiz 2: Nyu-Yorkda yöqoliş” filmida röl ijro etgan irlandiyalik aktrisa Brenda Friker 81 yoşida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.