Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi
Bugun, 7 avgust kuni Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, sanatşunoslik fanlari nomzodi, professor, taniqli kinoaktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev 86 yoşida vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Malumot uçun, Abdumannon Ubaydullayev kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmidagi roli bilan xalqqa tanilgan bölib, bugunga qadar “Omad”, “Sönggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yiğlamasin”, “Aldangan köngil”, “Mehr” kabi köplab badiiy filmlarda va bir qança milliy teleseriallarda rollar ijro etgan. Ijodkor bugunga qadar Özbekiston davlat sanat va madaniyat instituti “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida talaba yoşlarga talim berayotgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston xalq şoiri Şarifa Salimova 75 yoşida vafot etgandi.