USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston xalq şoiri Şarifa Salimova vafot etdi

162 марта
Ўзбекистон халқ шоири Шарифа Салимова вафот этди

Özbekiston xalq şoiri Şarifa Salimova bugun, 5 avgust kuni 75 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi xabar qildi.

Şarifa Salimova 1951 yil 30 dekabr kuni Toşkent viloyatining Parkent tumanida tavallud topgan. U Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. 1974–1987 yillarda Özbekiston teleradiokomiteti, 1989–1994 yillarda “Saodat” jurnali hamda “Özbekiston adabiyoti va sanati” gazetasida işlagan, şuningdek, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati sifatida ham faoliyat yuritgan.

Şoira “Hayot zavqi”, “Mening bahorim”, “Xizr buloği”, “Tongga qasam”, “Giyohlar bilan tillaşgan inson” va “Vatan suvrati” kabi şeriy töplamlar muallifi hisoblanadi. U rus, qozoq, qirğiz şoirlari ijodidan ham tarjimalar qilgan. Xususan, u nemis şoiri Hadayatulloh Hyubş şerlarini özbekçaga ögirib, “Oq atirgul” nomi bilan naşr ettirgan.

Şarifa Salimova 1994 yilda “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Joriy yilning 28 may kuni esa şoiraga “Özbekiston xalq şoiri” faxriy unvoni berilgandi.

QALAMPIR.UZ marhumaning oila azolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: