Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğofurov vafot etdi
7-06-2026, 05:11
172 марта
Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğofurov vafot etdi
Keça, 6 iyun kuni yozuvçi va tarjimon, Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğofurov 88 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi xabar berdi.
Malumot uçun, Ibrohim Ğofurov – 1937 yil 27 dekabrda Toşkentda hunarmand oilasida tuğilgan. Örta maktabni tugatgaç, 1956-1961-yillara SAGU (hozirgi ÖzMU) ning filologiya fakultetida öqigan. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot naşriyotida kiçik muharrir, tahririyat mudiri, boş muharrir örinbosari lavozimlarida işlagan. 2025 yil Ogahiy nomidagi Xalqaro badiiy tarjimonlik tanlovida jahon nasridan özbek tiliga tarjima yönalişi böyiça taqdirlangan.
Mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid, badiiy tarjima, köp tomlik asarlarning naşr etilişida munosib hissasini qöşgan. 1982-1995 yillarda “Özbekiston adabiyot va sanati” gazetasida boş muharrir örinbosari bölib işlagan. 1995 yilda “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasini taşkil etgan. U mazkur partiyaning raisi (1996 yildan), “Milliy tiklaniş” gazetasining boş muharriri bölgan.
Ibrohim Ğofurov “Gözallikning olmos qirralari” (1964) “Unutilmagan boğ” (1965), “Joziba” (1970), “Yonar söz” (1973), “Yam-yaşil daraxt” (1976), “Yurak-alanga” (1980). “Lirikaning yuragi” (1982), “Şeriyat – izlaniş demak” (1984), “Öttiz yil izhori” (1987), “Dil erkinligi” (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U “Darvoza”, “Humo quşim”, “Qaldirğoçim” singari şeriy nasrlar yoxud mansuralari bilan etibor qozongan. “Yangi asr avlodi” naşriyoti tomonidan muallifning 20 jildlik asarlari naşr etiş rejalaştirilib, hozirgaça 8 jildi çop etilgan.
Ibrohim Ğofurov jahon adabiyotidan Mopassanning “Azizim” asari bilan tarjimonlik olamiga kirib keladi. Keyinçalik “Jinoyat va jazo”, “Telba”, “Qimorboz”, ,“Aka-uka Karamazovlar”, “Iblislar”, “Ayrilmas er” (F. Dostoyevskiy), “Alvido, qurol”, “Çol va dengiz” (E.Xeminguey), “Qiyomat”, “Çingizxonning oq buluti” (Ç. Aytmatov), “Yonğin” (V. Rasputin), “Buzrukning kuzi” (G. G. Markes) singari asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan. Eng maşhur tarjimasi Jeyms Joysning “Uliss” şox asaridir.
Ibrohim Ğofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), Özbekiston yoşlar ittifoqi mukofoti (1989) laureati, “Döstlik” ordeni sohibi (1995). 1996 yildan u I va II çaqiriq Özbekiston Oliy Majlisi deputati. Parlamentda “Milliy tiklaniş” fraktsiyasi rahbari, 2000 yildan Oliy Majlis matbuot va axborot qömitasi raisi örinbosari. 2021 yilda “Özbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
Janoza namozi ertaga, 7 iyun kuni bomdod namozidan söng Hazrati imom (Hastimom) jome masjidida öqiladi. Marhum Teşik qopqoq qabristoniga qöyiladi.