Davlat va jamoat arbobi Zafar Hakimov vafot etdi
26-05-2025, 13:41
323 марта
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanatşunoslik institutining tasviriy va amaliy sanat bölimi mudiri, yirik davlat va jamoat arbobi Zafar Abdullayeviç Hakimov vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Malumot uçun, Zafar Hakimov 1942 yil 14 avgustda Buxoro şahrida tuğilgan. 1964 yilda Toşkent davlat universitetini tugatgan. 1964-1985 yillarda Sanatşunoslik institutida laborant, aspirant, kiçik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U turli yillarda davlat taşkilotlarida rahbar va masul lavozimlarda, xususan 1985-1988 yillarda Özbekiston Badiiy fondi direktori, 1988-1990 yillarda Özbekiston KP markaziy qömitasi madaniyat bölimi masul xodimi, 1990-1992 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti apparati madaniyat, fan, manaviy tarbiya masalalari böyiça yetakçi konsultanti, 1992-1993 yillarda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinçi örinbosari, vaziri, 1993-1995 yillarda Özteleradiokompaniya raisining birinçi örinbosari, 1995-1997 yillarda Özteleradiokompaniya raisi, 1998 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti apparati jamoat taşkilotlari bilan aloqalar böyiça yetakçi konsultanti va 1998-1999 yillarda “Özbekiston Milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy naşriyoti yetakçi ilmiy muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1999 yildan boşlab “Moziydan sado” ilmiy-amaliy, marifiy jurnalining Boş muharriri lavozimida mehnat qilib kelgan. Faoliyati davomida tarix, arxeologiya, arxitektura masalalariga bağişlangan 50 ta maqolalari, monografiya va qöllanmalari respublika naşrlarida çop etilgan. Olim 1970-1979 yillarda sovet-afğon arxeologik ekspeditsiyasi tarkibida Şimoliy Afğonistonda önlab qadimiy voha va manzilgohlarni kaşf etgan.
“Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan marhumning oila azolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy azosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Galina Pavlovna Matviyevskaya Rossiyaning Orenburg şahrida 94 yoşida vafot etgandi.