Özbekiston terma jamoasining sobiq futbolçisi vafot etdi
3-05-2026, 12:37
500 марта

Özbekiston terma jamoasining sobiq futbolçisi vafot etdi
Özbekistonda xizmat körsatgan sportçi va murabbiy, futbol faxriysi, milliy terma jamoaning sobiq futbolçisi Abdusamad Dörmonov 61 yoşida vafot etdi. Bu haqda özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.Abdusamad Dörmonov 1965 yil Surxondaryo viloyati Termiz şahrida tuğilgan. Futbolçilik faoliyati davomida “Surxon”, “Lokomotiv”, “Paxtakor” va “Neftçi” klublarida töp surgan.
U 1992−1994 yillarda Özbekiston milliy jamoasiga çaqirilgan, 1994 yil Yaponiyada ötkazilgan Osiyo öyinlarida ğolib bölgan. 2002 yilda esa faoliyatini yakunlagan.
Dörmonov şundan söng “Neftçi”, “Yozyovon loçinlari” va “Istiqlol” kabi klublarda murabbiy sifatida işlagan. 2015 yilning dekabr oyidan buyon “Neftçi”da murabbiy sifatida işlab kelayotgandi.