Kapellodan Abramovgaça – futbol vakillari Kannavaroning kelişi haqida nimalar demoqda?
7-10-2025, 16:21
119 марта

Kapellodan Abramovgaça – futbol vakillari Kannavaroning kelişi haqida nimalar demoqda?
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 2006 yilgi “Oltin töp” sohibi va jahon çempioni, italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan milliy terma jamoa boş murabbiyligi borasida rasman şartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Bir qator futbol olami vakillari mazkur kelişuv borasida öz fikrlarini aytmoqda.Xususan, FIFA prezidenti Janni Infantino birinçilardan bölib bunga munosabat bildirdi.
“FIFA 2026 Jahon çempionatiga xuş kelibsiz, qadrli Fabio Kannavaro! 2006 yilda Italiya bilan sardor sifatida ğalaba qozonganingizdan söng, yigirma yil ötib siz ilk bor yangi rol – Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi sifatida bu musobaqada iştirok etasiz”, deb yozdi Infantino özining Instagram sahifasida.Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolçisi Jafar Irismetov ham Fabio Kannavaroning Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlanişiga öz munosabatini malum qildi.
“Rostini aytsam, Kannavaro biz uçun jumboq. Uning murabbiylik faoliyatini örganar ekanmiz, katta yutuqlarga erişmaganini köramiz. Gap faqat sovrinlarda emas, balki öyin uslubida ham. Aslida u hozirça faqat öyinçi sifatida orttirgan nomi bilan tanilgan. Assotsiatsiya qaror qabul qilayotganda qaysi mezonlarga tayanib iş tutganini bilmayman. Bundan taşqari, biz köproq hujumkor futbol öynaşga intilamiz. Kannavaro bizga nimanidir bera oladi, deb öylamayman. Axir, xorijlik murabbiy taklif qilinayotgan bölsa, biz undan nimanidir örganişni istaymiz. Mana hozir Yurgen Klopp böş – şaxsan men uning nomzodini qöllab-quvvatlagan bölardim. Undan biz albatta nimanidir örganar edik.Yana bir Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolçisi Valeriy Keçinov MTJga Fabio Kannavaroning boş murabbiy etib tayinlanişiga izoh berdi.
Boşqa tomondan, biz Sreçko Katanets tayinlanganda ham şubha bilan qaragandik, ammo yakunda hammasi yaxşi böldi. Jahon çempionati böyiça maqsadlar hali rasman elon qilinmagan. Ammo guruh bosqiçidan çiqiş jamoa uçun katta yutuq bölardi. Axir, musobaqaga borib, pley-offga çiqiş vazifasini qöymaslikning özi mantiqsiz”, deydi Irismetov.
“Men uçun Kannavaro qanday murabbiyligini aytiş qiyin, çunki men uning faoliyatini kuzatmayman va yutuqlari haqida köp narsa bilmayman. Ammo bir narsa aniq – u juda kuçli va yaxşi futbolçi bölgan. Har qanday holatda ham Fabio Özbekiston terma jamoasiga juda köp narsa bera oladigan inson. Menimça, bu milliy jamoa uçun juda jiddiy va yirik yutuq. Ehtimol, murabbiy almaştiriş uçun malum sabablarga ega bölişgan”, deydi Keçinov “Çempionat” naşriga bergan intervyusida.Italiyalik maşhur murabbiy Fabio Kapello ham “Euro-football” naşriga Kannavaroning yangi lavozimi yuzasidan izoh berdi.
“Kannavaroni tayinlaş – juda yaxşi tanlov. U katta tajribaga ega va albatta Özbekiston terma jamoasiga yordam bera oladi”, deydi Kapello.Samarqandning “Dinamo” klubi boş murabbiyi Vadim Abramov ham Fabio Kannavaro haqida öz fikrini bildirdi.
“Kannavaroning tayinlanişiga qanday qarayman? Kannavaro futbolçilik davrida “Oltin töp” yutgan ajoyib öyinçi bölganini bilaman. U darhaqiqat yaxşi himoyaçi bölgan. Afsuski, u bizda öynamaydi, murabbiylik qiladi. Yana nima deyiş mumkin, hammasini vaqt körsatadi”, deydi Vadim Karlenoviç.