Fabio Kannavaro Özbekiston boş murabbiyi bölişi mumkin
30-09-2025, 22:45
191 марта

Fabio Kannavaro Özbekiston boş murabbiyi bölişi mumkin
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik Fabio Kannavaro bilan boğlanib, uni milliy terma jamoaga boş murabbiy etib tayinlaş böyiça muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qildi.Özbekiston milliy terma jamoasi ilk bor 2026 yilgi futbol böyiça jahon çempionatida iştirok etadi. Avvalroq termaga Yoaxim Lyov, Fotih Terim, Paulu Bentu kabi murabbiylar taklif etilgan, ammo zarur kelişuvga erişilmagandi.
Kannavaro 52 yoşda. Murabbiylik faoliyati davomida Italiyaning “Udineze” va “Benevento”, Saudiya Arabistonining “Al-Nassr”, Xitoyning “Guançjou” va “Tyantszin” klublarida, Zagrebning “Dinamo”sida işlagan.
Öyinçi sifatida Kannavaro 2006 yilda "Oltin töp"ni qölga kiritdi. Öşa yili Italiya terma jamoasi bilan Jahon çempioni böldi. Klublar miqyosida Kannavaro Italiyaning “Napoli”, “Parma”, “Inter” va “Yuventus”, Ispaniyaning “Real” va BAAning “Al Ahli” klublarida öynagan.
2026 yilgi jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi va unda ilk bor 48 ta jamoa iştirok etadi.