Özbekiston terma jamoasini 71 yoşli turkiyalik murabbiy boşqarişi mumkin
16-08-2025, 15:59
495 марта
Özbekiston terma jamoasini 71 yoşli turkiyalik murabbiy boşqarişi mumkinTurkiyalik tajribali mutaxassis, 71 yoşli Fatix Terim Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyiga aylanişi mumkin. Heber Merkezi naşrining yozişiça, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) unga allaqaçon rasmiy taklif yöllagan.
Manbaga köra, Terim taklifni körib çiqiş uçun ÖFAdan vaqt söragan. Agar u rozilik bildirsa, 2026 yilda AQŞ, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon çempionatida “Oq börilar”ni turkiyalik mutaxassis boşqarişi mumkin.
Malumot uçun, Fatix Terim Turkiya milliy terma jamoasi bilan Yevro-2008 va Yevro-2016 turnirlarida iştirok etgan. U Istanbulning “Galatasaroy” klubi bilan UYeFA Kubogini qölga kiritgan. Şuningdek, “Fiorentina”, “Milan” va “Panatinaikos” klublarida ham murabbiylik qilgan. Biroq u Jahon çempionatlarida iştirok etmagan.
ÖFA hozirça şartnoma muddati va maoş borasidagi tafsilotlarni oşkor qilmagan. Ammo Terim rozi bölsa, u darhol iş boşlaydi va terma jamoani 2026 yilgi Jahon çempionatiga tayyorlaydi.