Taniqli sobiq futbolçi Şomurodovning ustoziga aylanişi mumkin
29-04-2025, 17:36
161 марта
Italiyaning “Komo” klubi boş murabbiyi Sesk Fabregas “Roma”ni boşqarişi mumkin. Bu haqda “Sky Sport Italia” naşri xabar berdi.Manbaga köra, rimliklar murabbiylik lavozimi uçun bir neçta nomzodlarni körib çiqmoqda. Fabregasdan taşqari “Ayaks” boş murabbiyi Françesko Farioli, “Jenoa” ustozi Patrik Viyera va hozirda “Al-Nasr”ni boşqarib kelayotgan Stefano Pioli ha şort-listdan örin olgan.
Qayd etiş joiz, ayni damga kelib, rimliklarni boşqarib kelayotgan tajribali mutaxassis Klaudio Raneri mavsum oxirida lavozimini tark etadi va klub tizimida rahbarlik vazifasini bajaradi.
Malumot örnida, 37 yoşli Fabregas murabbiylik faoliyatini 2023 yilda boşlagan. Dastlab, u “Komo”ning 19 yoşgaça bölgan yoşlar jamoasini boşqargan, keyinroq esa asosiy jamoada yordamçisi murabbiy va vaqtinça boş murabbiy lavozimida işlagan. 2024 yilda u rasmiy ravişda klub ustoziga aylangan.