Yoaxim Lyov Özbekistonda iş boşlaşi mumkin. Lekin bu hammasi emas
17-07-2025, 08:40
626 марта

Yoaxim Lyov Özbekistonda iş boşlaşi mumkin. Lekin bu hammasi emas
Ommaviy axborot vositalari xabariga köra, Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yoaxim Lyov Özbekiston futbol assosiasiyasi bilan aloqada bölib turibdi.Biroq, gap boş murabbiylik lavozimi haqida emas, balki terma jamoadagi maslahatçi lavozimi haqida ketmoqda.
«Tomonlar örtasida aloqa bor — Lyov hamkorlikka oçiq. Lekin uni boş murabbiy etib tayinlaş haqida hozirça gap yöq. Özbekiston unga terma jamoaning jahon çempionatiga tayyorgarligini nazorat qiluvçi maslahatçi vazifasini taklif qildi», — dedi mutaxassisga yaqin manba.
«ÖFAda yagona pozitsiya yöq. Ayrim mutasaddilar Lyovni boş murabbiylikka taklif qilişda turib olişmoqda, çunki terma jamoaga jahon çempionati uçun taniqli mutaxassis kerak, deb öylaşadi. Ammo federatsiyaning yana bir qismi Timur Kapadzeni olib qoliş tarafdori — u terma jamoani jahon çempionatiga olib çiqqan edi. Kapadzening özi ham yordamçi bölişni istamaydi, agar Lyov kelsa, u jamoani tark etişi mumkin», — deyiladi xabarda.
Manbalarga köra, tomonlar faol muzokaralar olib bormoqda. Ayni paytda Lyovning terma jamoa qarorgohi işidagi iştiroki formati, uning vakolatlari va vazifalari muhokama qilinmoqda. Bunday qadam keyingi yillarda sezilarli darajada yaxşilangan va yangi bosqiçga intilayotgan Özbekiston terma jamoasi uçun jiddiy turtki bölişi mumkin.