Özbekiston milliy terma jamoasining barça azosiga «Özbekiston iftixori» unvoni beriladi
6-06-2025, 11:42
212 марта

Özbekiston milliy terma jamoasining barça azosiga «Özbekiston iftixori» unvoni beriladi
Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasining barça azosiga «Özbekiston iftixori» unvoni beriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev jamoani Jahon çempionatiga çiqqani bilan telefon orqali tabriklaş vaqtida malum qildi.
2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionatiga yöllanma olgan Özbekiston milliy terma jamoasining barça azosi «Özbekiston iftixori» unvoni bilan mukofotlanadi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev jamoani mundialga çiqqani munosabati bilan telefon orqali tabriklaş vaqtida malum qildi.
«Timur Tahiroviç [Kapadze] men sizga ham alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman. Timur, men farmonga qöl qöyaman. Özingiz boş butun jamoaga „Özbekiston iftixori“ unvoni beraman», — dedi u telefon suhbatida.
Prezident futbolçilar bilan suhbatlaşib ularni ham tarixiy ğalaba bilan tabrikladi. U öyinda 6 marta seyv qilgan darvozabon Ötkirbek Yusupovga 6 marta minnatdorçilik bildirişini aytdi.
«Ötkirbek [Yusupov], men seni qahramon deb bilaman. Özim hali seni körib quçoqlab, rahmat deyman», — dedi prezident.