Finalda qizil olgan özbekistonlik futbolçilar JÇning ilk öyinini ötkazib yuboradimi?
25-04-2025, 17:59
187 марта

Finalda qizil olgan özbekistonlik futbolçilar JÇning ilk öyinini ötkazib yuboradimi?
Saudiya Arabistonida bölib ötgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo kubogi finalida Özbekiston ösmirlar terma jamoasining ikki azosi Nurbek Sarsenbayev va Miraziz Abdukarimov noyabr oyida Qatarda bölib ötadigan Jahon çempionatining dastlabki öyinlarini ötkazib yuborişi mumkin. Bu haqda OFKda faoliyat olib boruvçi özbekistonlik mutaxassis Alişer Nikibmayev malum qildi.Nikimbayevning malum qilişiça, Özbekiston U-17 terma jamoasi azolari finalda olgan qizil kartoçkalari Jahon çempionatida tasir qilişi mumkin. FIFA intizomiy kodeksiga köra, çetlatiliş ortidan olingan diskvalifikatsiya keyingi musobaqaga ötkaziladi. Bu holatda futbolçilar Jahon çempionatiga qadar öz yoş toifasidagi boşqa musobaqada iştirok etmasa, diskvalifikatsiya mundialdagi iştirokiga tasir qiladi. Ötkazib yuboradigan öyinlar soni OFK tartib-intizom qömitasi tomonidan belgilanişi kerak.
Malumot örnida, Özbekiston ösmirlar terma jamoasi çempionlik bilan birga Jahon çempionatiga ham yöllanmani qölga kiritdi. Uşbu turnir joriy yilning 3 noyabridan 27 noyabriga qadar Qatar maydonlarida ötkaziladi.