USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Osiyo çempioni bölgan futbolçilarni tabrikladi

632 марта

Özbekliston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida ötkazilgan Osiyo çempionati ğolib bölgan terma jamoa azolarini tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Ön yetti yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida Saudiya Arabistoni maydonlarida bölib ötgan nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etib, yuksak sovrin – Osiyo kubogini qölga kiritganingiz bilan xalqimiz nomidan, öz nomimdan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Sizlar kabi navqiron, azmu şijoatli yoşlarimizning butun turnir davomida bironta ham mağlubiyatga uçramasdan, rekord natija körsatib, jonajon Vatanimiz şarafini mardona himoya qilganlari, heç şubhasiz, milliy futbolimiz tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan şonli voqea, desak, töğri böladi.
Ayniqsa, finalda musobaqa mezboni – Saudiya Arabistoni kabi ğoyat kuçli jamoaga qarşi keskin bellaşuvda turli bosimlarga qaramasdan, ön bir öyinçiga qarşi töqqiz futbolçi şiddatli kuraş olib borganingiz çinakam jasorat va matonat namunasi böldi. Sizlar namoyon etgan yuksak mardlik va mahorat har qanday tahsinga sazovordir.
Musobaqa yakuniga köra, uç nafar istedodli va mohir sportçimiz yakka tartibdagi sovrinlar egasi bölgani, jumladan, Nematulloh Rustamjonov – turnirning eng yaxşi darvozaboni, Asilbek Aliyev – eng yaxşi töpurari, Sadriddin Hasanov – eng yaxşi futbolçisi sifatida etirof etilganini ham alohida takidlaş lozim.


El-yurtimiz sizlarning timsolingizda doimo oldinga intilib yaşaydigan, yuksak marralarni zabt etişga qodir Yangi Özbekiston yoşlarining eng yorqin vakillarini köradi va sizlar bilan haqli ravişda faxrlanadi.
Mamlakatimizda sportga, jumladan, futbol rivojiga berilayotgan yuksak etiborning yana bir amaliy natijasi bölgan mana şunday tarixiy ğalaba uçun sizlarga, sizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalaringiz va ustoz-murabbiylaringizga çin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.
Sizlar uşbu ğalabadan ruhlanib, şu yil noyabr oyida Qatarda bölib ötadigan jahon çempionatida ham Osiyoning ğolib jamoasi sifatida munosib iştirok etasiz, deb işonaman”, deyiladi prezident tabrigida.

Keça, 20 aprel kuni Saudiya Arabistonida ötkazilgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida Osiyo kubogi finali bölib ötdi. Unda Özbekiston ösmirlar terma jamoasi mezbon saudiyalik tengqurlarini 2:0 hisobida mağlub etdi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: