Bugungi Özbekiston MTJ Rossiyani mağlub eta oladi – Fayzullayev
1-05-2025, 16:16
204 марта
Özbekiston milliy terma jamoasi va TsSKA klubi vingeri Abbos Fayzullayevning fikriça, Özbekiston milliy terma jamoasi Rossiya terma jamoasini mağlub eta oladi. Bu haqda “Sport24.ru” naşri xabar berdi.“Rossiya terma jamoasi ham kuçli tarkibga ega. Men özim terma jamoaning bir neçta öyinlarini kuzatdim. “Monako”da töp tepuvçi Golovin kabi futbolçisi bor. Rossiya agar xalqaro maydonga qaytarilsa, kuçli öyin namoyiş eta oladi. Ammo agar Rossiya va Özbekiston terma jamoalari örtasida öyin taşkil etilsa, Özbekiston ğalaba qozonadi”, deydi Fayzullayev.
Malumot örnida, Fayzullayev joriy mavsum TsSKA safida barça musobaqalarda 34 ta öyinda maydonga tuşib, 3 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oşirdi. Milliy terma jamoada esa 2023 yildan beri töp tepib kelmoqda va 23 ta öyinda 7 ta gol urişga muvaffaq böldi.