Xalqimizga katta bayram qilib berişga harakat qilamiz – Maşaripov
5-06-2025, 10:11
328 марта

Bugun, 5 iyun kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionatiga saralaş doirasida Abu Dabida Birlaşgan Arab Amirliklari milliy terma jamoasiga qarşi öynaydi.
Özbekistonliklar uçun JÇ yöllanmasini taqdim etişi mumkin bölgan bahs oldidan ikkala terma jamoa murabbiylari va futbolçilari rasmiy matbuot anjumanida iştirok etib, öyin oldidan öz fikrlarini bildirdi.
Dastlab BAA terma jamoasi boş murabbiyi Kosmin Oleroyu anjumanda iştirok etdi.
“Raqibimiz Osiyoning eng kuçli jamoalaridan biri. Ertangi uçraşuvda munosib qarşilik körsatişga harakat qilamiz”, dedi BAA terma jamoasi boş murabbiyi.
Şuningdek, Özbekiston MTJ boş murabbiyi Temur Kapadze öyinoldi fikrlari bilan örtoqlaşdi.

“Raqibni örganib çiqdik. Öyinga har tomonlama yaxşi tayyorgarlik kördik. Töğri, ularda yangi murabbiy tayinlandi. Biroq u bugun paydo bölib qolmagan. Ularni örganişga harakat qildik. Asosiysi, öz öyinimiz haqida öylaşimiz va yaxşi öyin körsatişimiz lozim. Albatta, bu bosqiçga yetib keliş uçun futbolçilar astoydil mehnat qildi. Bizni ikkita muhim öyin kutib turibdi, hammasi öz qölimizda. Ertaga ğalaba qozonib, keyingi öyinga tayyorlanişimiz kerak. Sreçko Katanetsning soğliği joyida. Uning yordamçilari bugungi kunda mening ştabimda faoliyat yuritmoqda”, dedi Kapadze.
Uşbu matbuot anjumanida terma jamoa azosi Jaloliddin Maşaripov ham iştirok etib, öyin borasidagi fikrlarini aytib ötdi.
“Ertaga tarix yaratişimiz kerak va özbek xalqining kuni bölişi lozim. Barça uçun qöldan kelgança katta bayram qilib berişga harakat qilamiz. Bu yergaça kelganimiz bekorga emas. Vaqti keldi va biz Jahon çempionatiga borişimiz kerak. Ertaga özimizni oqlaşga haqqimiz yöq. Şu paytgaça oqlab keldik. Maqsadimiz – butun Özbekistonni xursand qiliş”, dedi Maşaripov.
Malumot uçun, BAA – Özbekiston örtasidagi bahs bugun, 5 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Uşbu uçraşuvdagi durang natija ham Özbekiston MTJni tarixda ilk bor mundialga olib çiqadi.