Paulu Bentu Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi bölişi mumkin

Özbekiston milliy jamoasiga yangi boş murabbiy izlaş jarayoni qiziqarli tus oldi va Janubiy Koreya va Portugaliya milliy jamoalari sobiq boş murabbiyi Paulu Bentu asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Bu haqda Football-Asian xabar berdi.
«Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 2026 yilda Özbekiston uçun tarixdagi ilk jahon çempionatida işlaydigan boş murabbiyni qidirib, 2014 yilgi jahon çempionati ğolibi Yoahim Lyovga qilgan murojaati muvaffaqiyatsizlikka uçradi - germaniyalik taktikaçi Toşkentning jiddiy taklifini rad etdi. Turkiyaning faxriy sobiq murabbiyi Fotih Terim ham nomzodlar qatoriga qöşildi, ammo u hali köndirilmadi. Endi etibor 56 yoşli portugaliyalik, klub futbolida va xalqaro miqyosda tajribaga ega Bentuga qaratildi», deb yozdi naşr.