Fabio Kannavaro Özbekiston milliy terma jamoasining yangi boş murabbiyi böladi
3-10-2025, 11:00
262 марта
Fabio Kannavaro Özbekiston milliy terma jamoasining yangi boş murabbiyi böladiInsayder Fabritsio Romano maşhur futbolçi Fabio Kannavaro 2026 yilgi Jahon çempionati doirasida Özbekiston milliy terma jamoasining yangi boş murabbiyi lavozimini egallaşi haqida yozdi.
“Şartnoma şartlari böyiça kelişuv amalga oşirildi, rasmiy hujjatlar 24-48 soat içida körib çiqilişi va imzolanişi kutilmoqda”, — degan u.
Fabio Kannavaro afsonaviy futbolçi, Italiya terma jamoasining sardori sifatida 2006 yilda Jahon çempioni bölgan, öşa yili “Oltin töp” ham olgan. Ammo u murabbiy sifatida bironta etirofga arzigulik natijaga erişmagan, katta xalqaro tajribasi bor, deb ham aytolmaymiz, deya fikr bildirmoqda özbek segmenti.
Kannavaroning turli jamoalarga boş murabbiyligidagi statistikasi keltirilmoqda:
«Al-Nassr» (Saudiya Arabistoni) — 14 öyin: 6 ğalaba, 5 durang, 3 mağlubiyat;
"Tyanszin Syuanszyan" (Xitoy) — 50 öyin: 28 ğalaba, 10 durang, 12 mağlubiyat;
"Guançjou Evergrand" (Xitoy) — 125 öyin: 79 ğalaba, 23 durang, 23 mağlubiyat;
Xitoy milliy terma jamoasi — 2 öyin: 2 mağlubiyat;
«Benevento» (Italiya) — 17 öyin: 3 ğalaba, 7 durang, 7 mağlubiyat;
«Udeneze» (Italiya) — 6 öyin: 2 ğalaba, 3 durang, 1 mağlubiyat;
"Dinamo Zagreb" (Xorvatiya) — 14 öyin: 7 ğalaba, 2 durang, 5 mağlubiyat.
Kannavaroning aytişga arzigulik ntijalari: 1 martadan Xitoy çempionligi, superkubogi va 1-ligasi (Xitoy Superligasidan bir poğona quyidagi çempionat) çempionligi.
Kannavaro 2024 yil oxirida "Dinamo Zagreb" jamoasi bilan 1,5 yillik şartnoma imzolab, 3,5 oydan söng, qoniqarsiz natijalar sababli boş murabbiylikdan ketkazilgan.
Özbekiston terma jamoasi öz tarixida ilk marta Jahon çempionatiga çiqdi, bunday holatda nega murabbiy sifatida omaddan köra omadsizlikka köproq duç kelgan murabbiy tanlangani savol tuğdiradigan holat.