Kannavaro dunyodagi eng köp maoş oluvçi 4-terma jamoa murabbiyi böladi – OAV
4-10-2025, 14:01
370 марта

Kannavaro dunyodagi eng köp maoş oluvçi 4-terma jamoa murabbiyi böladi – OAV
Fabio Kannavaro Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyligi lavozimini egallasa, uning ştabi yiliga 4 million yevro maoş oladi. Bu körsatkiç bilan Kannavaro dunyodagi eng köp maoş oluvçi törtinçi murabbiy böladi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar berdi.Manba malumotlariga köra, Fabio Kannavaro eng köp maoş oluvçi terma jamoa murabbiylari top-5 röyxatida Karlo Ançelotti (Braziliya, 9,5 million yevro), Tomas Tuxel (Angliya, 5,9 million yevro) va Yulian Nagelsmanndan (Germaniya, 4,9 million yevro) keyin 4 million yevro yillik maoş oluvçi Portugaliya terma jamoasi boş murabbiyi Roberto Martines bilan birgalikda 4-poğonadan joy oladi.
Ajablanarlisi, terma jamoada murabbiylik qiliş borasida 2 öyinlik (Xitoy terma jamoasi, 10 mart – 28 aprel) tajribaga ega Kannavaro 2018 yil Rossiyada bölib ötgan mundialda Frantsiya MTJ bilan jahon çempionligini qölga kiritgan Dide Deşamni ortda qoldirişi kutilmoqda. Deşam Frantsiya MTJda yiliga 3,8 million yevro maoş oladi.
Insaydlar haqiqatga aylansa, “Oltin töp” sohibi Özbekiston milliy terma jamoasida:
- Daqiqasiga 109 450 söm;
- Soatiga 6 567 000 söm;
- Kuniga 157 608 000 söm;
- Oyiga 4 728 274 166 söm;
- Yiliga 56 739 290 000 söm işlab topadi.