Kannavaro Özbekistonda qança maoş olişi malum böldi
4-10-2025, 11:08
1 006 марта

Kannavaro Özbekistonda qança maoş olişi malum böldi
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan kelişuvga erişganligi haqida xabar berilgan edi. Endi murabbiyning yillik maoşi malum böldi. 52 yoşli mutaxassisning maoşi murabbiylik xarajatlarini hisobga olgan holda yiliga taxminan 4 million yevroni taşkil etadi. Bu haqda “Sport-Express” naşri xabar berdi.Kannavaro Italiya yoki boşqa Yevropa davlatidan taklif kutayotgani uçun darhol Özbekistonda işlaşga rozi bölmagan yedi. 2006 yilgi jahon çempioniga Qozoğiston terma jamoasi ham qiziqiş bildirgan, yakunda yesa Kannavaro Özbekiston taklifini qabul qilib, bir yillik şartnoma imzolaşi kutilmoqda. Agar Özbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionatida yaxşi natija körsatsa, Fabio Yevropaga qaytişga yoki Özbekiston bilan şartnomasini uzaytirişga umid qilmoqda.
52 yoşli mutaxassisning sönggi iş joyi Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubi hisoblanib, u yerda Kannavaro yarim yil faoliyat olib borgan. Malumotlarga köra, Kannavaroning “Dinamo Zagreb” klubidagi yillik maoşi 1,5 mln yevro, murabbiylar ştabi esa yiliga qöşimça 500 ming yevro maoş olgan.