Sudyalikka nomzodlar uçun yoş talabi tuşirilişi mumkin
Özbekistonda sudya va xalq maslahatçilari uçun yoş tsenzi 35 yoşdan 30 yoşga tuşirilişi mumkin. Bu haqda bugun, 8 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida birinçi öqişda körib çiqilgan “Sudyalarning maqomi töğrisida”gi qonun loyihasida söz boradi.
Qayd etilişiça, uşbu hujjat sudyalarning maqomini alohida qonun darajasida belgilaş hamda sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlaşga qaratilgan.
Qonun loyihasi bilan sudyalik lavozimiga nomzodlar uçun ayrim talablar qayta körib çiqilmoqda. Xususan, sudya va xalq maslahatçilari uçun yoş tsenzini 35 yoşdan 30 yoşga tuşiriş közda tutilgan.
Sudyani dastlab 5 yilga, keyin esa muddatsiz davrga tayinlaş tartibini joriy etiş, sudya, sud raisi va rais örinbosari lavozimlariga qöyiladigan talablarni kuçaytiriş nazarda tutilmoqda. Şuningdek, loyihada sudyalar va ularning oila azolarini ijtimoiy himoya qiliş çoralari bilan boğliq normalar aks ettirilmoqda.
Loyiha bilan “istefodagi sudya” instituti milliy qonunçilikka tatbiq etilmoqda. Istefodagi sudyaga boşqa huquqlar qatorida professional mediatorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqi taqdim etilmoqda.
Bundan taşqari, Oliy sud va quyi sudlar apparati faoliyatini yanada samarali taşkil etişga doir ayrim normalar kiritilmoqda.
Muhokamalarda deputatlar sudyalarning maqomini alohida qonun darajasida belgilaş sud hokimiyati mustaqilligini taminlaş, sudyalarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuçaytirişda muhim ahamiyatga ega ekanini takidlagan.
Xalq vakillari tomonidan qonun loyihasi bilan belgilanayotgan normalarning amaliyotda samarali işlaşini taminlaşga qaratilgan takliflar bildirilgan.
Majlis yakunida qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilinib, ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida maromiga yetkazişga kelişib olingan.